9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Tashkilotimiz bizga BAAda koʻrgazma stendini montaj qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatgan Turkiya kompaniyasiga (norezidentga) pul mablagʻlarini oʻtkazdi. Biz norezidentlardan olinadigan foyda soligʻi va QQSni toʻlashimiz kerakmi?”.
Buxgalter.uz ushbu savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVAdan javob oldi:
Norezidentlardan olinadigan foyda soligʻi
– Oʻzbekistondan tashqarida ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar, bundan SKning 351-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ishlar va xizmatlar mustasno, norezidentlarning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlariga kirmaydi.
Norezidentlardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash kerak emas.
QQS
Umumiy qoidaga koʻra, agar xizmatlarning xaridorlari Oʻzbekistonda faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, Oʻzbekiston hududi norezidentning xizmatlarini realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi
.
Agar xaridor koʻrsatilgan hududda yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish asosida haqiqatda hozir boʻlsa, Oʻzbekiston xizmatlar xaridorining faoliyatni amalga oshirish joyi deb e’tirof etiladi
.
Xizmatlarni realizatsiya qilish joyini aniqlashning alohida hollari SKning 241-moddasi 3-qismida belgilangan.
Jumladan, koʻrgazma stendini montaj qilish boʻyicha xizmatlarni norezident Oʻzbekiston hududida emas – BAAda koʻrsatsa, Oʻzbekiston mazkur xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydi
.
Bu holda xizmatlar importi uchun QQS toʻlash shart emas.
![]()