Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Korxona import uskunani xarid qildi, olib keldi va uni oʻrnatdi. Shartnomada yetkazib beruvchi-norezident tomonidan koʻrsatiladigan ishga tushirish-sozlash xizmatlari alohida band bilan koʻrsatilgan. Biz ushbu xizmatlarga qandaydir soliqlar solishimiz kerakmi?».
Savolga «Norma» ekspertlari Irina AXMETOVA va Tatyana LIMAREVA javob berishdi:
QQS
Agar xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston e’tirof etilsa, Oʻzbekiston hududida xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari QQS toʻlaydi
.
Uskuna - bu koʻchar mulk. Oʻzbekiston hududida haqiqatda boʻlgan koʻchar mol-mulk bilan bevosita bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish joyi Oʻzbekiston hisoblanadi, bundan transport vositalarini ijaraga berish mustasno. Ular jumlasiga, xususan: montaj qilish, sozlash, yigʻish, ishlov berish, qayta ishlash, ta’mirlash, texnik xizmat koʻrsatish va saqlash kiradi
.
Agar bunda chet el kompaniyasi Oʻzbekistonning soliq organlarida QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatga olinmagan boʻlsa, xizmatlarni oluvchi (soliq agenti) soliqni hisoblab chiqaradi va toʻlaydi
. Soliq hisobga olingan holda chet ellik shaxsning realizatsiya qilishdan olingan daromadining summasi soliq bazasi boʻladi.
Agar shartnoma shartiga muvofiq ishga tushirish-sozlash xizmatlari qiymati QQSsiz belgilangan boʻlsa, soliq agenti soliq bazasini koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlaydi. Bunday holda u xizmatlar qiymatiga mustaqil tarzda QQS hisoblashi va uni byudjetga oʻtkazishi shart
.
Bajarilgan ishlar dalolatnomasi yoki shartnomada belgilangan shunga oʻxshash hujjatni imzolash sanasida xizmatlar oluvchisi “xizmatlar importi” turi bilan bir tomonlama EHF taqdim etadi.
Agar xizmatlar oluvchisi ularga chet el valyutasida haq toʻlasa, QQS boʻyicha soliq bazasi xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada (ularni koʻrsatish faktini tasdiqlovchi hujjat imzolangan sanada) Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha soʻmda qayta hisoblab chiqiladi
.
Soliq hisoboti - chet el shaxslaridan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini (shakl kodi - 10001_4) soliq agenti - QQS toʻlovchisi oʻzi soliq hisobiga qoʻyilgan joy boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan va bir tomonlama EHF taqdim etilgandan keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay taqdim etadi
.
Soliq soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlanadi.
Chet el shaxslarining xizmatlari boʻyicha toʻlangan QQS summasi hisobga olinishi lozim
. Hisobga olish uchun asos - soliqning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati
.
Ishga tushirish-sozlash ishlarining (ISI) shartnomada belgilangan qiymati - QQS hisobga olinmagan holda $5 000. Xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida dalolatnomani rasmiylashtirish sanasida dollarning kursi 10 800 soʻm. Oʻzbekiston korxonasi xizmatlar qiymatiga 8 100 ming soʻm (5 000 x 10 800 x 15%) miqdorida QQS hisoblashi va uni byudjetga toʻlashi shart.
Oʻtkazmalar:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, ming soʻm |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
ISI boʻyicha xarajatlar uskunaning qiymatiga kiritildi (5 000 x 10 800) |
54 000 |
||
|
ISI boʻyicha QQS hisoblandi va byudjetga toʻlandi |
8 100 |
||
|
ISIdan toʻlangan QQS hisobga olindi (hisobga olish shartlariga rioya qilingan taqdirda) |
8 100 |
||
|
ISIdan toʻlangan QQS uskuna qiymatiga kiritildi, agar u hisobga olinishi lozim boʻlmasa |
8 100 |
||
Norezidentning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi
Agar ishga tushirish-sozlash yarim yildan koʻp vaqt davom etsa, sizning xorijiy hamkoringiz Oʻzbekistonda doimiy muassasani (DM) roʻyxatdan oʻtkazishi va oʻz faoliyati boʻyicha soliqlarni mustaqil tarzda toʻlashi kerak
. Agarda DM tashkil etilmasa, siz norezidentning daromadidan, soliq agenti sifatida, 20% stavka boʻyicha
foyda soligʻini ushlab qolasiz
.
Muddatlar:
- soliqni toʻlash - norezidentga daromad toʻlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay.
- soliq hisoboti (toʻlov manbaida soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan norezidentlar daromadlaridan olinadigan yuridik shaxslar Foyda soligʻi hisob-kitobi, shakl kodi 10307_5) – daromad toʻlangandan keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay
.
Agar norezident Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq respublikada soliq solinmaydigan daromad olgan boʻlsa, soliq agenti soliqni ushlab qolmasligi mumkin
. Soliqdan ozod qilish uchun norezident rezidentlik sertifikatini taqdim etishi shart
.
