Vagonlarni ta’mirlashda ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi

preview

“Korxonaning asosiy faoliyat turi – tovar va yoʻlovchi vagonlarini joriy va kapital ta’mirlash, yangi vagonlar ishlab chiqarish. Biz 27.01.2022 yildagi PQ-104-son qarorning 2-bandiga asosan ijtimoiy soliqning 1% stavkasini qoʻllashimiz mumkinmi?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA javob berdi:

 

– Yoʻq, mazkur holda bunday imtiyozni qoʻllash mumkin emas. 

27.01.2022 yildagi PQ-104-son qarorning 2-bandi asosida SKning 483-moddasiga norma kiritildi, unga asosan ayrim faoliyat turlari sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun 2022 yilning 1 aprelidan 2025 yilning 1 yanvariga qadar ijtimoiy soliqning 1% stavkasi belgilanadi . Shu jumladan – avtotransport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat koʻrsatish korxonalari uchun.

Ushbu imtiyozni mazkur faoliyat turi boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri natijalari boʻyicha jami daromadning kamida 60%ni tashkil qilgan tadbirkorlik sub’yektlari qoʻllaydi.

Tovar va yoʻlovchi vagonlarini ta’mirlash va texnik xizmat koʻrsatish korxonalariga mazkur imtiyoz tatbiq etilmaydi. Ular ijtimoiy soliqni belgilangan tartibda toʻlaydi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text183646_vagonlarni_tamirlashda_ijtimoiy_soliq_buyicha_imtiezni_qullash_mumkinmi