Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Norezident MChJ ishtirokchilari tarkibidan chiqadi va faqat qoʻshilgan kapital summasini olib ketadi. Ta’sischi-norezidentda va MChJda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA javob berdi:
– Agar ta’sischi oʻz hissasini ustav fondiga chet el valyutasida qoʻygan boʻlsa, bunday hissaning miqdori hissa qoʻyilgan sanada soʻmda hisobga olinadi. Keyinchalik ustav kapitalining miqdori qayta baholanmaydi.
Shu bois, chet el ta’sischisi oldidagi qarz summasini u chiqib ketayoganda ham milliy valyutada aniqlang. Qarzni chet el valyutasida soʻndirish mumkin.
Ta’sischi MChJ ishtirokchilari tarkibidan chiqqanda jamiyat
:
- unga ulushining haqiqiy qiymatini toʻlashi;
- yoki - uning roziligi bilan - unga хuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni berishi shart.
Agar tarkibdan chiqqan ishtirokchiga toʻlov UFdagi uning ulushining haqiqiy qiymatidan oshsa, oshgan summa dividendlar deb e’tirof etiladi
.
Dividendlarga toʻlov manbaida (soliq agenti) JShDS yoki foyda soligʻi solinadi.
Agar MChJ ulushning haqiqiy qiymatini toʻlamasa yoki uni kamroq miqdorda toʻlasa, u daromad oladi. Koʻrib chiqilayotgan holatda u chiqib ketayotgan ta’sischiga toʻlanishi lozim boʻlgan sof aktivlar qiymati va uning ulushining nominal qiymati oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi. Ushbu farqni foyda soligʻi
yoki aylanmadan olinadigan soliq
hisob-kitobida jami daromadga kiritish zarur.
Misol uchun, chiqib ketayotgan ta’sischi ulushining haqiqiy qiymati 150 mln soʻmni, uning nominal qiymati esa - 100 mln soʻmni tashkil qiladi. Agar MChJ faqat 100 mln soʻm toʻlasa, u 50 mln soʻm miqdorida daromad oladi.
Bundan tashqari, agar siz chiqib ketayotgan ta’sischi bilan MChJning mol-mulki bilan hisoblashsangiz, QQS, aksiz soligʻi va foyda soligʻi (yoki aylanmadan olinadigan soliq - sizning korхonangiz qanday soliqlarni toʻlashiga bogʻliq holda) boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelishi mumkin.
![]()