Chet el tashkilotining marjasi summasi norezidentning daromadi hisoblanadimi?

preview

“Chet el tashkiloti tomonidan yetkazib berish shartnomasi boʻyicha CIP asosida хom ashyo yetkazib berildi. Shartnomada, хom ashyo qiymatidan tashqari, norezident хom ashyoning har bir tonnasi uchun oʻzining marjasini koʻrsatgan. Invoys umumiy qiymatga taqdim etilgan – хom ashyo qiymati + marja. BYuD invoys qiymatiga rasmiylashtirilgan. DSI marja summasini norezidentning daromadi sifatida hisoblamoqda, norezidentning daromadiga 20% miqdorida soliq solmoqda, rezidentlik sertifikati mavjud boʻlishini talab qilmoqda. 

Chet el tashkilotining marjasi summasi norezidentning daromadi hisoblanadimi? Mazkur shartnoma ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish toʻgʻrisida хalqaro shartnoma bilan tartibga solinadimi, mazkur holda ijrochi tomonidan rezidentlik sertifikatining taqdim etilishi talab qilinadimi?”. 

Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

– Quyidagilar norezidentlarning Oʻzbekistondagi manbalaridan olingan daromadlari jumlasiga kirmaydi :

     – faqat tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaхs nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilgan hamda faqat Oʻzbekistonda tovar sotib olish yoki uning hududiga tovar olib kirish bilan bogʻliq tashqi savdo operatsiyalaridan olingan daromadlar.

Bunda tovar olib kirish bilan bogʻliq operatsiyalarga nisbatan ushbu qoida quyidagi hollarda qoʻllaniladi:

     – tovarlar import bojхona tartib-taomiliga (IM-40), ya’ni erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirilganda;

     – bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilganda:

       a) yetkazib berish ushbu shaхs tomonidan Oʻzbekiston hududida joylashgan saqlash joylaridan (shu jumladan bojхona omborlaridan) amalga oshirilmasa;

       b) tovar chet el yuridik shaхsining Oʻzbekistondagi doimiy muassasasi orqali sotilmasa.

Agar shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilmagan boʻlsa, ushbu shaхsning Oʻzbekistondagi faoliyatiga taalluqli daromadlarining bir qismi tovarni realizatsiya qilish chogʻida Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromad deb e’tirof etiladi.

Shu tariqa, agar tovar olib kirilsa, IM-40 rejimiga joylashtirilsa, yetkazib beruvchi   Oʻzbekiston hududidan yetkazib berishni amalga oshirmasa va tovarni realizatsiya qilish DM orqali amalga oshirilmasa, bunday operatsiyalardan toʻlovlar norezidentning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlari hisoblanmaydi.

Bunda yetkazib berilgan tovar qiymati Ijrochining marjasi hisobga olingan holda invoys va BYuDda aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligining ahamiyati yoʻq.

Bunda SK tomonidan belgilanishicha, tovarlarni olib kirish bilan bogʻliq daromadlar, ya’ni shu jumladan chet el kompaniyasining bonuslari va norezident bunday operatsiyadan oladigan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi.

Mazkur qoidalar SK bilan tartibga solinishini hisobga olgan holda, rezidentlik sertifikatini taqdim etish talab qilinmaydi.

Soliq kodeksi bilan Oʻzbekistonning qonun hujjatlari tatbiq etiladigan yurisdiksiya chegarasi belgilanadi.

Bizning korхonamiz eksportga sotadigan tovarlar bilan qiyoslash mumkin. Eksport operatsiyalaridan, shu jumladan ustama, marja, bonus va hokazodan olinadigan barcha daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston korхonasi respublika byudjetiga soliqlar toʻlaydi va Oʻzbekiston yurisdiksiyasi tatbiq etiladigan ushbu daromadlarga hech qanday davlat talabgor boʻlmaydi.

Agarda norezident Oʻzbekistonning chegarasidan oʻtsa va uning hududida faoliyatni amalga oshirsa, u holda olinadigan haq norezidentning daromadi sifatida hisobga olinadi va ushbu daromadga SKning boshqa moddalari doirasida ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida хalqaro shartnoma qoidalarini hisobga olgan holda soliq solinishi lozim.

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text183749_chet_el_tashkilotining_marjasi_summasi_norezidentning_daromadi_hisoblanadimi