Tekshiruvchilar qachon sizdan hujjatlarni qayta taqdim etishni soʻrashlari mumkin

preview

Soliq organlari tekshiruvlar vaqtida hujjatlarni qayta talab qilib olish huquqiga ega emas, biroq istisnolar mavjud. Vaziyatni DSQ mutaxassislari tushuntirishdi:

 

– Bunday jihatlar SKning 146-moddasi 11-qismida va 07.01.2021 yildagi 1-son VMQga 2-ilovaning 17-bandida reglamentlangan.

Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari davomida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:

  • oldingi kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarida soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlar;
  • soliq monitoringi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari.

Quyidagi hollarda hujjatlar qayta talab qilib olinishi mumkin, agar:

  • hujjatlarning asl nusxalari avval soliq organiga taqdim etilgan va keyinchalik soliq toʻlovchiga qaytarilgan boʻlsa;
  • soliq organiga taqdim etilgan hujjatlar yengib boʻlmas  kuch holatlari tufayli yoʻqolgan boʻlsa.

Manbaga qarang.

 

 

Soliq nazorati: soliq hisobi — maslahatlar Soliq nazorati Soliq nazorati (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text183952_tekshiruvchilar_qachon_sizdan_hujjatlarni_qayta_taqdim_etishni_surashlari_mumkin