Maishiy texnikani qaytarish qanday rasmiylashtiriladi

preview

“Doʻkon maishiy texnikani realizatsiya qiladi. “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan xaridor kamchiliklarni aniqlagan taqdirda butun kafolat muddati davomida tovarni qaytarish huquqiga ega. Bizning tovarlarimiz 1 yil va undan ortiq kafolat muddatiga ega. Joriy yilning iyul oyiga qadar sotishni bir tomonlama hisobvaraq-fakturalar bilan rasmiylashtirdik, hozir bunday imkoniyat mavjud emas. Agar xaridor bir necha oy oldin sotib olgan tovarni qaytarsa, qanday harakat qilish zarur?”. 

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti QQS ma’muriyatchiligi boshqarmasi bosh inspektori Rustam TOʻXTASINOV tushuntirdi:

 

– SKning 47-moddasiga muvofiq tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar sotib oluvchiga EHF taqdim etishi shart.  Biroq ushbu talab sotuvchi xaridorga kassa chekini bergan taqdirda qoʻllanilmaydi.

06.09.2019 yildagi PF-5813-son Farmon bilan DSQning taklifi ma’qullandi – aholi bilan naqd pulli yoki bank kartalari yordamida hisob-kitoblarda onlayn-NKT qoʻllaniladi. Barcha ushbu hisob-kitoblar Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-NKM va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan amalga oshiriladi.

EHF qismida cheklovlar qonun hujjatlarining ushbu normalariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida 2022 yil iyuldan boshlab joriy etilgan.

Tovar qaytarilgan taqdirda soliq bazasiga tuzatish kiritish zarur .

Agar xaridor tomonidan qaytariladigan tovar doʻkon sotishlarni bir tomonlama EHF bilan rasmiylashtirgan paytda u tomondan sotib olingan boʻlsa, Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 40-41-bandlariga muvofiq:

  • sotish chogʻida taqdim etilgan hisobvaraq-fakturaga qoʻshimcha hisobvaraq-faktura taqdim etish zarur;
  • ushbu qoʻshimcha hisobvaraq-faktura maishiy texnikani qaytarayotgan xaridor tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
E’tibor bering
Qoʻshimcha hisobvaraq-faktura kafolat muddati belgilangan tovar qaytarilganda faqat kafolat muddati doirasida rasmiylashtirilishi mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text183978_maishiy_tehnikani_qaytarish_qanday_rasmiylashtiriladi