Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Chet el kompaniyasi litsenziyasidan foydalanish huquqini sotib olishga QQS solinadimi
“QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona chet el kompaniyasi bilan litsenziyadan foydalanishga doir kontrakt tuzdi va royalti toʻlaydi. Kontrakt summasi – 1 000 AQSh dollari. Kompaniya haqiqiy benefitsiar hisoblanadi. Kontrakt Oʻzbekistonda toʻlanadigan QQS hisobga olinmagan holda tuzilgan.
Norezidentning royalti tarzidagi daromadlariga QQS solinadimi? Mazkur vaziyatda QQS qanday hisoblab chiqariladi?”.
Vaziyatni “Norma” ekspertlari Irina AXMETOVA va Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirishdi:
– Mazkur vaziyatda chet el kompaniyasi xizmatlarini realizatsiya qilish joyi umumiy qoidaga koʻra, ya’ni - xaridor faoliyatni amalga oshiradigan joy boʻyicha aniqlanadi
. Royalti toʻlovchi korxona Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilganligi bois, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi hisoblanadi. Binobarin, Oʻzbekiston korxonasi, soliq agenti sifatida, norezident boʻlgan kompaniyaning xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi boʻyicha QQSni toʻlaydi.
Umumiy qoidaga koʻra, soliq agenti QQS boʻyicha soliq bazasini xizmatlarni soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlaydi
. Bu holda soliq agenti QQSni hisoblab chiqaradi, uni soliq toʻlovchidan ushlab qoladi va byudjetga oʻtkazadi
.
Agarda kontrakt shartlariga muvofiq chet el kompaniyasi xizmatlarni QQS hisobga olinmagan holda taqdim etsa, soliq bazasi ularning qiymatidan kelib chiqqan holda, QQSni hisobga olmasdan aniqlanadi. Shunda soliq agenti soliqning tegishli summasini hisoblab chiqaradi va oʻz mablagʻlari hisobidan byudjetga oʻtkazadi
.
Kontrakt Oʻzbekistonda toʻlanadigan QQS hisobga olinmagan holda tuzilganligi bois, soliq summasi 150 AQSh dollarini (1 000 x 15%) tashkil etadi. QQSni toʻlashda va hisobotda aks ettirishda soliq bazasi realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblab chiqiladi
.
Xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir
.
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
|
|
QQS hisoblandi va byudjetga toʻlandi |
||
|
Norezidentning xizmatlari boʻyicha toʻlangan QQS hisobga olindi (hisobga olish shartlariga rioya qilingan taqdirda) |
||
|
Norezidentning xizmatlari boʻyicha toʻlangan QQS xarajatlarga olib borildi, basharti u hisobga olinmasa |
||
![]()