Chet ellik hamkor oldidagi qarz qanday hisobdan chiqariladi

preview

“2021 yilda tashkilot chet el kompaniyasi bilan tovar yetkazib berishga doir import kontrakti tuzdi. Keyinroq ushbu kompaniya bilan aloqa uzildi, biz ularga qarzning qolgan summasini toʻlay olmayapmiz. Mazkur summani foyda soligʻini toʻlamasdan hisobdan chiqarish mumkinmi?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA javob berdi:

 

– Mazkur masalani hal qilish chogʻida tuzilgan import kontrakti shartlariga amal qiling. Unda qarzni undirish boʻyicha da’vo muddatining oʻtishi qaysi qonunchilik hujjatlariga (Oʻzbekistonning yoki boshqa mamlakatning) binoan tartibga solinishi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Ushbu muddat mobaynida kontragent qarzni soʻndirishni talab qilishga haqli, shundan keyin boshqa kontragent qarzni daromadlarga hisobdan chiqarishi mumkin.

Oʻzbekistonning qonunchilik hujjatlariga binoan umumiy da’vo muddati 3 yilni tashkil etadi .

Da’vo muddati oʻtgach, import kontrakti shartlariga asosan sizning korхonangiz:

1) kreditorlik qarzini daromadlarga hisobdan chiqarishi;

2) ushbu summani foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromadga kiritishi kerak .

 

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text184455_chet_ellik_hamkor_oldidagi_qarz_qanday_hisobdan_chiqariladi