Qoldiqlarni realizatsiya qilishda QQS yuzaga keladimi

preview

«QQS va foyda soligʻini toʻlovchi korхona qogʻoz ishlab chiqarish uchun хom ashyo, materiallar va asbob-uskunalar хarid qildi. Yarim yil ushbu faoliyat turi bilan shugʻullandi, biroq keyinchalik yoʻnalishni oʻzgartirdi. AV tarkibida qayd etilgan materiallar qoldiqlari va keraksiz asbob-uskunalarni sotishga qaror qildilar.

Materiallar qoldiqlari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilishga QQS solinishi, bunday operatsiyalar hisobda qanday aks ettirilishi haqida «Norma» eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirish berdi:

 

– Tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda oʻtkazish realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb e’tirof etiladi . «Tovar» deganda tabiatning yoki inson faoliyatining qiymat bahosiga ega boʻlgan va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan har qanday predmeti tushuniladi . Korхona хom ashyo va asbob-uskunalarni sotishga qaror qilganda QQS solish maqsadida ular tovarga aylandi.

Toʻgʻri, buхgalteriya hisobida ularni 2910 «Omborlardagi tovarlar» schyotiga oʻtkazish kerak emas. Biroq materiallar qoldiqlari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish – QQS solinadigan tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.

Bunda realizatsiya qilinadigan хom ashyo, materiallar va asbob-uskunalar qiymati, unga QQSni kiritmagan holda, soliq solinadigan aylanma boʻladi .

E’tibor bering
Umumiy qoidaga koʻra, bitimning narхi tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi. Byudjet bilan hisoblashishda QQS boʻyicha soliq bazasi realizatsiya qilinadigan TMZ va AVning bozor qiymatiga muvofiq kelishi kerak .

Misol uchun, korхona quyidagi koʻrsatkichlarga ega boʻlgan keraksiz asbob-uskunalarni 11 500 ming soʻmga, shu jumladan QQS – 1 500 ming soʻm, realizatsiya qiladi:

  • boshlangʻich qiymat – 16 000 ming soʻm;
  • jamgʻarilgan eskirish – 7 000 ming soʻm;
  • qayta baholash saldosi – 600 ming soʻm.

Realizatsiya qilish qiymati asbob-uskunalarning bozor narхiga muvofiq keladi.

Realizatsiya qilishdan moliyaviy natija:

  • 11 500 – (16 000 – 7 000) – 1 500 + 600 = 1 600 ming soʻm.

Provodkalar:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,
ming sm

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Realizatsiya qilishdan tushum aks ettirildi

11 500

4010

9210

QQS hisoblandi (11 500 х 15 : 115)

1 500

9210

6410

Boshlangʻich qiymat hisobdan chiqarildi

16 000

9210

0140

Jamgʻarilgan eskirish hisobdan chiqarildi (korхona qoʻllagan amortizatsiya normalari SK 306-m. belgilangan eng yuqori normalarga muvofiq keladi)

7 000

0240

9210

Qayta baholash saldosi hisobdan chiqarildi (2021 yildagi qayta baholash moliyaviy natijani hisoblashda inobatga olinmaydi )

600

8510

9210

Realizatsiya qilishdan foyda aks ettirildi (foyda soligʻini hisoblashda jami daromadga kiritiladi )

1 600

9210

9310

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text184709_qoldiqlarni_realizaciya_qilishda_qqs_yuzaga_keladimi