9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Onlayn-NKM va virtual kassalar cheklariga tafovutlar aniqlangan oydan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tuzatish kiritish mumkin
. Buxgalter.uz vaqt topib, sentyabr oyi uchun cheklarda xato yoʻqligiga ishonch hosil qilishni tavsiya etadi. Bu soliq hisobotlarini xatolarsiz topshirishingizda yordam beradi.
DSQ 10-sanadan keyin chek ma’lumotlariga oʻzgartirishlar kiritib boʻlmasligini eslatdi.
Kech qolmaslik uchun bu ishni soʻnggi sanagacha taqamang. Har bir chekka alohida tuzatish kiritish lozim, bu ancha sermehnat va mashaqqatli ish. Boz ustiga, chekka tuzatish kiritish doim ham sizga bogʻliq boʻlmaydi:
- chek summasi kamayganda tuzatish kiritish uchun DSIdan ruxsat olish lozim;
- tovarlarni vositachi orqali realizatsiya qilsangiz, chekdagi xatolarni faqat vositachi tuzatishi mumkin.
«Onlayn-NKM va virtual kassalar haqida axborot» interaktiv xizmatining ilovalari cheklarda xatolar borligini tezkor ravishda tekshirishda yordam beradi:
- «Xato MXIK qayd etilgan cheklar» – bu yerda tovarlarning MXIK koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan cheklarni topasiz;
- «Vositachilar monitoringi» – vositachilik shartnomalari boʻyicha ishlasangiz, nuqsonlarni tezkor ravishda aniqlashda yordam beradi;
- «Tushumlar boʻyicha hisobot» – tushumlar toʻliq va toʻgʻri ekanligini baholashda yordam beradi.
Xato topsangiz
Hammasini tuzatish uchun «Chekka tuzatish kiritish» va «Chekni tiklash» funksionalidan foydalaning. Quyidagi tavsiyalarda bu borada batafsil yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatilgan:
Assortimentingizda imtiyoz berilgan tovar boʻlsa, quyidagi tavsiyadan foydalaning:
Oleg GAYeVOY tayyorladi.