Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Soliq qonunchiligi talablari murakkab, notoʻgʻri hisob-kitob qilganlik uchun javobgarlik esa katta boʻlgani bois koʻp buxgalterlar soliqlarni hisoblashda mushkul holatga tushadilar. Nafaqat soliq solinadigan daromad summasini, balki uni e’tirof etish sanasini ham toʻgʻri aniqlash muhim.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Arkad Audit» konsalting kompaniyasi direktori Natalya TURALINOVA buni qanday qilib toʻgʻri amalga oshirish mumkinligi haqida gapirib berdi:

– Oʻz «aylanmasidagi» har bir raqam tanish boʻlgan buxgalter soliqni hisoblash qoidalarini boshqalardan koʻra yaxshiroq bilishi lozim. Ushbu qoidalarda qaysi hisobga olish operatsiyalari soliq bazasini shakllantirishi, qaysilari esa shakllantirmasligi belgilangan. Aslida buxgalter shartnomani tahlil qilayotganda bitim natijalari moliyaviy va soliq hisobotiga qanday ta’sir qilishini anglashi kerak.
Bunday mahoratga ega boʻlish uchun soliqlarni hisoblash tizimini (soliq solish elementlarini), avvalo soliq solish ob’yektini e’tirof etish sanasini bilish muhim. Bu hisob siyosatining muhim jihati deb hisoblaymiz, sababi ushbu sanalar buxgalteriya va soliq hisobini yuritish maqsadida doim ham mos kelmaydi hamda koʻplab operatsiyalar boʻyicha professional fikrga asoslangan holda aniqlanadi
.
Muayyan hollarda aynan daromadni tan olishning aniq reglamenti korxonaga soliq toʻlovlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
1-vaziyat: xususiy kapitalni boʻlish yoʻli bilan qayta tashkil etish natijasida ajratib chiqarilgan korxonaga koʻchmas mulk beriladi. Qayta tashkil etilayotgan korxona zarar koʻrib ishlamoqda, shu sababli topshirilayotgan mol-mulk bahosi ustav kapitalini boʻlish koʻrsatkichlaridan koʻra yuqori.
Ajratib chiqarilgan korxona binoni balansda tan olayotganda manfiy gudvill (kechiktirilgan daromadlar)ning salmoqli summasini ham qayd etadi.
Korxona bunday daromadlardan foyda soligʻini toʻlashga rozi, faqat qachon degan savol yuzaga keladi. Butun soliq summasini bir yoʻla toʻlash foyda keltirmasligi ayon.
Bunday vaziyatlarda soliq qonunchiligida daromadlarni e’tirof etish sanasi qat’iy belgilangan-belgilanmaganini anglash zarur.
Yoʻq, bu holda daromadni e’tirof etish sanasi buxgalteriya qonunchiligiga muvofiq aniqlanadi
. Bunda 23-son BHMSning 27-bandida ob’yektdan foydali foydalanish muddatidan kelib chiqib kechiktirilgan daromadlarni hisoblash belgilanadi. Ushbu talabni bajargan va hisoblashning muhim prinsipiga (daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi) amal qilgan korxona buxgalteriya va soliq hisobini yuritish maqsadida kechiktirilgan daromadlarni e’tirof etish muddatini 20 yil deb belgilab, ushbu qarorni hisob siyosatida qayd etdi.
Ehtimol, zarar koʻrib ishlayotgan korxonani qayta tashkil etishdan maqsad aktivlarni topshirishdan iboratdir. Korxona qonunchilik talablarini maqbul usulda bajarmoqda.
2-vaziyat: korxona jismoniy shaxsga binoning ijara haqini oʻz vaqtida toʻlay olmayapti. Bunda buxgalter bino ijarasi bilan bogʻliq xarajatlarni har oy hisoblaydi. Shuningdek buxgalter ijara haqi qiymatini har oy JShDS hisob-kitobida aks ettiradi. Soliq organlari soliqni toʻlashni talab qilmoqdalar.
Korxona toʻlov manbaida JShDSni toʻlashga rozi
, faqat qachon degan savol yuzaga keladi.
Bunday vaziyatlarda soliq qonunchiligida daromadlarni e’tirof etish sanasi qat’iy belgilangan-belgilanmaganini anglash zarur.
Ha, SK 367-moddasida daromad olingan (jismoniy shaxsning soliq solish ob’yekti yuzaga kelgan) sana daromadni toʻlash kuni ekanligi belgilangan.
Korxona ijara uchun haq toʻlamasligi bois ijaraga beruvchida soliq solish ob’yekti yuzaga kelmaydi. Tegishincha, korxonada soliq agenti sifatida JShDSni ushlab qolish majburiyati ham yuzaga kelmaydi. Bu JShDS hisob-kitobida ham hech nimani aks ettirmaslik kerakligini anglatadi.
Natalya TURALINOVA «JShDSni hisoblab chiqarish uchun daromad olingan sana qanday aniqlanadi» vebinarida boshqa qiziqarli vaziyatlar haqida batafsil gapirib beradi.
U 2022 yil 25 oktyabr kuni soat 15:30 da boshlanadi.
Ishtirokchilar amaliyotda keng tarqalgan vaziyatlarda buxgalteriya va soliq hisobida daromadni e’tirof etish sanalariga chek-varaqlarni oladilar.
Havola orqali oʻtib, bu haqda batafsil ma’lumot olish va tadbirda ishtirok etish uchun yozilish mumkin.
Norma va Buxgalter Pro axborot mahsulotlaridan foydalanuvchilar uchun vebinar – bepul!
Moliya vazirligi mutaxassislari va «Norma» ekspertlarining tavsiyalarida qoʻshimcha foydali ma’lumotlarni topasiz:
![]()