9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ta’tillar, aniqrogʻi har yilgi mehnat ta’tili bilan bogʻliq yangiliklarni koʻrib chiqishni davom ettiramiz.
Boʻlgʻusi oʻzgartirishlarni kadrovik.uz uchun yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail GASANOV va «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara Xikmatova maxsus tushuntirishdi:
Har yilgi mehnat ta’tili olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritiladigan yoki kiritilmaydigan davrlar aniqlashtirildi (28.10.2022 yildagi OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 226-m.).
Ajratilgan parchalar – yangi MKga qoʻshimchalar:
|
Myehnat ta’tili olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritiladi: |
Myehnat ta’tili olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritilmaydi: |
|
Ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt |
Xodim ishda uzrli sabablarsiz yoʻq boʻlgan davr (progul) |
|
Xodim haqiqatda ishlamagan, lekin uning ish oʻrni (lavozimi) saqlangan vaqt, shu jumladan har yilgi mehnat ta’tili vaqti, dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa davrlari; |
Xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar, bundan jadvalning chap ustunida koʻrsatilgan chetlashtirish hollari mustasno |
|
Mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda, xodim boshqa ishga oʻtkazilganda yoki u ishdan chetlashtirilganda va kelgusida xodim avvalgi ishiga tiklanganda majburiy progul vaqti |
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti |
|
Agar tibbiy koʻrikdan oʻtmaslik yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida bilim/koʻnikmalar tekshiruvidan oʻtmaslik xodimning aybisiz yuz bergan boʻlsa, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan oʻtmagan hamda bilim/koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtmagan xodim ishdan chetlashtirilgan davr |
|
|
Agar xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra, mehnat majburiyatlarining buzilishidagi xodimning aybi tasdiqlanmasa yoxud mehnat majburiyatlarini buzish faktining oʻzi tasdiqlanmasa, ushbu xizmat tekshiruvini oʻtkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilgan davr |
|
|
Ish yili davomida 2 haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti |
|
|
Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa vaqt davrlari |
|
Bu masala yuzasidan yana bir yangilik: zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi, shuningdek noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qoʻshimcha mehnat ta’tillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.
Davomini kadrovik.uz da oʻqing.
![]()