Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Xorijiy kompaniya vakolatxonasi Oʻzbekistonda avtomobil sotib olmoqda. Yetkazib beruvchi – QQS toʻlovchisi. Vakolatxona QQS toʻlovchisi hisoblanmaydi. Sotib olingan avtomobil uchun toʻlangan QQSni vakolatxonaga qaytarish mumkinmi?».
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra ushbu savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– SKda chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a’zolarining) shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qoidalar nazarda tutilgan, agar ushbu chet davlatning qonunchiligida xuddi shunday normalar (oʻzaro munosabat prinsipi) belgilangan boʻlsa
.
Bunda Oʻzbekistonda nol darajali stavkani qoʻllash toʻlangan soliq oʻrnini qoplash (qaytarish) yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qaytarish tartibi Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan.
QQS toʻlovchilar roʻyxati SK 237-moddasida belgilangan.
Xorijiy tijorat tashkiloti vakolatxonasi QQS toʻlovchisi hisoblanmaydi.
Vakolatxona QQS toʻlovchisidan avtomobil sotib olayotganda uning qiymatida QQS toʻlaydi.
Shuningdek xorijiy tashkilot vakolatxonasi chet el diplomatik vakolatxonasi yoki ularga tenglashtirilgan vakolatxona deb hisoblanmaydi. Avtomobilni sotib olishda toʻlangan QQS summasi qaytarib berilmaydi.
Quyidagi materiallarda mavzuga oid qoʻshimcha ma’lumotlarni topasiz:
- Xorijiy yuridik shaxslar qachon QQS toʻlaydi;
- JShDS qanday toʻlanadi va hisobot qachon taqdim etiladi;
- QQSning nol darajali stavkasini qachon qoʻllash mumkin.
![]()