Xizmatlar importida Texnopark rezidentlari QQS toʻlaydimi

preview
E’tibor bering
Muallifning iltimosiga koʻra javob matniga aniqlik kiritildi.

«Xorijiy kompaniya korxonamiz – Texnopark rezidentiga Oʻzbekiston hududida xizmatlarni koʻrsatdi. Norezidentning faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib kelmaydi. Xizmatlar importida QQS toʻlashimiz kerakmi yoki soliq imtiyozi amal qiladimi?».

Ushbu savolga «Norma» eksperti Oleg SOY javob berdi:

 

– Texnopark rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod etilgan . Imtiyozlarni qoʻllash tartibi 589-son VMQga ilovada belgilangan.

Biroq, Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan xizmatlar importida chet el yuridik shaxsi QQS toʻlovchisi hisoblanadi .

Xorijiy kompaniya Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, norezidentning daromadlaridan soliqlarni toʻlash majburiyati soliq agenti zimmasiga yuklatiladi .

Shu bilan birga, QQS boʻyicha imtiyoz respublika norezidentlaridan axborot texnologiyalariga oid xizmatlarni sotib olganda ham tatbiq etiladi .

Binobarin, norezident sizga xizmat koʻrsatgan boʻlsa:

  • IT sohasida – QQS toʻlash kerak emas;
  • boshqa sohada – kontragentingiz soliq imtiyozlariga ega boʻlmasa (faqat sizning korxonangiz soliqlardan ozod etilgan boʻlsa), xorijiy kompaniya uchun QQS boʻyicha soliq majburiyatini bajarishingiz lozim.
E’tibor bering

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra Moliya vazirligida tushuntirish berishlaricha, 22.08.2022 yildagi PQ-357-son qarorda nazarda tutilgan norezidentlardan axborot texnologiyalariga oid xizmatlarni sotib olganda QQS boʻyicha imtiyoz faqat IT-park rezidentlari uchun nazarda tutilgan boʻlib, SKga kiritilmaydi.

E’tibor bering

Moliya vazirligi mutaxassislari va «Norma» ekspertlarining quyidagi tavsiyalarida norezident xizmatlari importida QQS va Texnopark rezidentlarining imtiyozlarni qoʻllash tartibi haqida batafsil oʻqing:

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text186216_hizmatlar_importida_tehnopark_rezidentlari_qqs_tulaydimi