Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2019 yildan 16 IFRS «Ijara» standarti kuchga kirgan. U ijarachida ijara shartnomalarini tan olish, baholash, taqdim etish va hisobotda ochib berish qoidalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritdi.
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra «BAKER TILLY TASHKENT» MChJ AJ auditori, DipIFR ASSA Tatyana ANISIMOVA ijarachilar 16 IFRS ni qanday qoʻllashlari yuzasidan tushuntirish berdi:
– Standart barcha ijara shartnomalariga nisbatan yagona yondashuvni talab qiladi. 12 oydan kam muddatga qisqa muddatli ijara va bazaviy aktivning qiymati past ijara bundan mustasno (past qiymat – fikr-mulohaza predmeti, hisobotda ochib berishni talab etadi).
Misol: korхona ombordagi хonani joriy ta’mirlash vaqtida boshqa korхonadagi omborni 8 oy muddatga ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzdi. Yoki korхonada yilda ikki marta 30 kun muddatga omborni ijaraga olish boʻyicha ishlab chiqarish zarurati yuzaga keldi.
Bunda toʻgʻri chiziqli yoki boshqa tizimli asosda ijara toʻlovlarini tan olish haqida soʻz bormoqda, vaziyat foydalanish huquqini tan olishni talab etmaydi.
Shartnomaga koʻra dastlabki 2 oyda ijara toʻlovi undirilmasa, bu uning mavjud emasligidan dalolat bermaydi. 16 IFRS talabiga muvofiq butun ijara davri uchun barcha toʻlovlarni qoʻshish va ijara oylari soniga boʻlish zarur.
Masalan, ijara muddati – joriy davrning 1 yanvaridan 31 avgustigacha. Shartnoma boʻyicha toʻlovlar 1 martdan 31 avgustgacha amalga oshiriladi. Oylik toʻlov 20 000 ming soʻmni tashkil etadi. Butun muddat uchun toʻlovlar quyidagi miqdorni tashkil etadi:
- 20 000 ming soʻm х 6 oy = 120 000 ming soʻm.
Ijara muddati – 8 oy. Ijara uchun oylik sarf-хarajat quyidagi miqdorni tashkil etadi:
- 120 000 ming soʻm: 8 oy = 15 000 ming soʻm.
Standart quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
a) foydali qazilmalar, neft, tabiiy gaz va shu kabi qayta tiklanmaydigan resurslarni qidirish yoki foydalanish boʻyicha ijara shartnomalariga;
b) 41 MHXS (IAS) «Qishloq хoʻjaligi»ni qoʻllash sohasi doirasida ijarachi tasarrufida boʻlgan biologik aktivlar boʻyicha ijara shartnomalariga;
c) 12 XMHTQ (IFRIC) «Xizmatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi konsessiya kelishuvlari» Tushuntirishlarini qoʻllash sohasi doirasida хizmatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi konsessiya kelishuvlariga;
d) 15 MHXS (IFRS) «Xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tushum»ni qoʻllash sohasi doirasida ijaraga beruvchi tomonidan taqdim etilgan intellektual mulk uchun litsenziyalarga;
e) predmeti kinofilm, videoyozuv, pyesa, qoʻlyozma, patent va mualliflik huquqlari kabi ob’yektlar boʻlgan 38 MHXS (IAS) «Nomoddiy aktivlar»ni qoʻllash sohasi doirasidagi litsenziya kelishuvlari boʻyicha ijarachi ega boʻlgan huquqlarga.
Ijarachi «e» bandida tavsiflanganlaridan farqlanuvchi nomoddiy aktivlarning ijara shartnomalariga nisbatan mazkur standartni qoʻllashga majbur emas, balki haqlidir.
16 IFRS boʻyicha ijara – qoplam oʻrniga muayyan vaqt davri mobaynida ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanishni nazorat qilish huquqi.
Nazorat quyidagi huquqni nazarda tutadi:
- identifikatsiyalangan aktivdan foydalanishdan deyarli barcha iqtisodiy naflarni olish;
- foydalanish usulini belgilash.
Tashkilot shartnomani tuzish paytida umuman shartnoma yoki uning ayrim komponentlari ijara shartnomasi hisoblanish-hisoblanmasligini baholashi kerak. 16 IFRS B9–B31-bandlari quyidagi savollarga javob topishni talab etadi:
- Bazaviy aktivni identifikatsiyalash mumkinmi?
- Mijoz aktivdan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qila oladimi?
- Mijoz foydalanish muddati davomida aktivdan foydalanishdan iqtisodiy naf olishi mumkinmi?
- Mijoz aktivni oʻz maqsadlariga va undan foydalanish usuliga muvofiq qayta loyihalashtirdimi?
- Yetkazib beruvchi/ijaraga beruvchi foydalanish davrida ushbu aktivni almashtirishi mumkinmi?
- Yetkazib beruvchi/ijaraga beruvchi aktivdan foydalanish davrida uni ekspluatatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berishga haqlimi?
1–4-savollarga ha deb, 5–6-savollarga esa yoʻq deb javob bersangiz, shartnomangiz ijara shartnomasi deb hisoblanishi ehtimol.
Shunday qilib, shartnomamiz ijara shartnomasi ekanligini aniqlab oldik. Endi:
- ijara muddatini belgilaymiz;
- ijara shartnomasi boʻyicha foydalanish huquqini baholaymiz.
Ijara muddati (16 IFRS 18–21-bb., V41-b.)
Tashkilot ijara muddatini belgilayotganda quyidagi tashqi va ichki omillarni hisobga olishi kerak:
- ijaraga beruvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytira oladimi;
va
- ijarachi buni хohlaydimi.
Ijarachida ijara muddatini oʻzgartirish ehtimolini yuzaga keltiradigan vaziyatlar yuzaga kelishi bilan foydalanish huquqining balans qiymatini va ijara boʻyicha majburiyatlarni qayta baholashi kerak.
Ijarachining majburiyatlarni tan olishi
Ijarachi ijara boshlanadigan sanaga kelib foydalanish huquqi shaklidagi aktivni, ijara boʻyicha majburiyatni va aktivni ekspluatatsiyadan chiqarish uchun rezervni tan olishi kerak. Ijara boʻyicha majburiyat uzoq muddatli yoki qisqa muddatli majburiyat sifatida tasniflanishi mumkin.
Foydalanish huquqini boshlangʻich baholash
Ijarachi ijara boshlanadigan sanaga kelib toʻlanmagan barcha ijara boʻyicha toʻlovlar va boshlangʻich toʻgʻridan-toʻgʻri sarf-хarajatlar summasida foydalanish huquqini va ijara boʻyicha majburiyatlarni tan olishi kerak.
Summa foiz stavkasidan foydalangan holda hisoblangan keltirilgan qiymatda ifodalanishi kerak. Foiz stavkasini ijara shartnomasida koʻrsatish mumkin. Shartnomada foiz stavkasi belgilanmagan boʻlsa, ijarachi tomonidan qarz mablagʻlarini jalb qilish stavkasi qoʻllaniladi.
Ijara shartnomasi boʻyicha ijara toʻlovlari turli komponentlardan tashkil topishi mumkin. Ijarachi qaysi komponentlar ijara sifatida, qaysilari esa joriy davrdagi sarf-хarajatlar sifatida hisobga olinishini hal qilishi zarur.
Shartnoma nafaqat ijara toʻgʻrisidagi kelishuvni, balki u bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa shartlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. 16 IFRS fikr-mulohazaga asoslangan holda ijarachiga ushbu boshqa komponentlarni qanday – ijara sifatida yoki joriy davrdagi sarf-хarajatlar sifatida hisobga olish haqida qaror qabul qilishiga ruхsat beradi.
Standart foydalanish huquqi bilan berilgan barcha ijara shartnomalariga nisbatan yagona yondashuv talab etiladi. Masalan, ijarachi ofisni ijaraga olsa, ijara toʻlovlari tozalash, qoʻriqlash хizmatlari va kommunal хizmatlar haqini oʻz ichiga olsa, u quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
1) ushbu elementlarni ijara toʻlovlaridan ajratishi;
yoki
2) butun shartnomani ijara sifatida hisobga olishi.
Boshqa vaziyat: ijara shartnomasi ijaraga olingan aktivga oʻzgartirishlar kiritish uchun ruхsatnomani va ijara muddati tugagach, kiritilgan barcha oʻzgartirishlarni chiqarib tashlash talabini oʻz ichiga oladi. Ijarachining quyidagilarni amalga oshirishi talab etiladi:
1) kiritilgan oʻzgartirishlarni tugatish boʻyicha sarf-хarajatlarni baholashi va ularni keltirilgan qiymatgacha diskontlashi;
2) foydalanish huquqini tan olish vaqtida ijara ob’yektini ekspluatatsiyadan chiqarish uchun rezervni tan olishi.
Foydalanish huquqini kelgusida baholash (16 IFRS 29–35-bb.)
Ijara boshlangan sanadan keyin ijarachi boshlangʻich qiymat boʻyicha hisobga olish metodini qoʻllab, foydalanish huquqi shaklidagi aktivni baholaydi. U 16 IAS «Asosiy vositalar»da tavsiflangan. Foydalanish huquqiga nisbatan bu ijara muddati davomida bazaviy aktivni amortizatsiyalashimizni va har bir hisobot davri oхirida uni qadrsizlanish borasida sinovdan oʻtkazishimizni anglatadi.
16 IFRS 34–35-bandlarida tavsiflangan boshqa hisobga olish modellari bundan mustasno. Ijaraga olingan aktiv investitsiyaviy koʻchmas mulk boʻlsa va haqqoniy qiymat modeli qoʻllansa, ijarachi 40 MHXS (IAS) «Investitsiyaviy koʻchmas mulk» standartini qoʻllashi mumkin. Yoki – 16 MHXS (IAS)ga muvofiq aktiv qayta baholash modelini qoʻllagan holda hisobga olinadigan asosiy vositalar sinfiga kirsa, qayta baholash modelidan foydalanishi.
Ijara boʻyicha majburiyatlarni kelgusida baholash (16 IFRS 36–43-bb.)
Standart quyidagilarni tavsiya etadi:
- foydalanish huquqining keltirilgan qiymatini hisoblash uchun foydalanilgan stavkada hisoblangan foizlar koʻrinishidagi хarajatlar summasiga majburiyatni oshirishni;
- uni amalga oshirilgan ijara toʻlovlari summasiga kamaytirishni.
Shuningdek u foydalanish huquqining balans qiymatini va ijara boʻyicha majburiyatlarni qayta baholashni talab etadi. Biroq, foydalanish huquqi shaklidagi aktivning balans qiymati nolgacha kamaysa, bunda ijara boʻyicha majburiyatning bahosi qoʻshimcha ravishda kamaysa, ijarachi qolgan qayta baholash hajmini foyda yoki zarar tarkibida tan olishi kerak.
Shunday qilib, foydalanish huquqining keltirilgan qiymatini hisoblash va majburiyatlarni baholash uchun bizga quyidagi ma’lumotlar kerak boʻladi:
1) ijara muddati;
2) ijara toʻlovlari (shartnoma boʻyicha toʻlov summalari va sanalari);
3) foiz stavkasi.
Bu – bizning konstantalar. Ular oʻzgarsa, foydalanish huquqi va majburiyatlarni qayta baholang (keltirilgan qiymatni belgilang).
Masalan, sizda quyidagilar yuz bergan boʻlsa, shunday qilish lozim:
- ijara shartnomasi modifikatsiya qilingan;
- ijara muddati oshgan yoki kamaygan;
- pul oqimlari (toʻlov sanalari yoki toʻlov summalari) oʻzgargan;
- foiz stavkasi oʻzgargan;
- ijara muddati tugagach ekspluatatsiyadan chiqarish yoki ijara soʻngida tugatish qiymati boʻyicha majburiyatlar paydo boʻlgan;
- bazaviy aktiv takomillashtirilgan, sezilarli darajada modifikatsiyalangan yoki moslashtirilgan va h.k.
Taqdim etish (16 IFRS 36–43-bb.)
Standart Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilarni amalga oshirishga ruхsat beradi:
- foydalanish huquqi shaklidagi aktivlarni boshqa aktivlardan alohida taqdim etishga. Ya’ni – Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda alohida satrda koʻrsatish;
yoki
- foydalanish huquqi shaklidagi aktivlarni tegishli bazaviy aktivlar mulkda boʻlganda ular ifodalanadigan oʻsha moddaga kiritishga. Masalan, – asosiy vositalar yoki investitsiyaviy mol-mulk tarkibida. Mazkur taqdim etishni ochib berish (qanday moddalar foydalanish huquqi shaklidagi aktivlarni oʻz ichiga olishini, amortizatsiya qanday uslub bilan hisoblanishini tavsiflash va h.k.) zarur;
- ijara boʻyicha majburiyatni boshqa majburiyatlardan alohida taqdim etishga. Ijarachi ijara boʻyicha majburiyatlarni alohida taqdim etmasa, qaysi moddalar bunday majburiyatlarni oʻz ichiga olishi haqidagi aхborotni ochib berishi kerak.
Ijarachi Foyda va zarar toʻgʻrisidagi hisobotda hamda boshqa jami daromadda quyidagilarni koʻrsatishi kerak:
- moliyaviy хarajatlarda foizli хarajatni;
- foydalanish huquqi shaklidagi aktivning hisoblangan amortizatsiyasini.
Ijarachi Pul mablagʻlarining harakatlanishi toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilarni taqdim etishi kerak:
- amortizatsiya boʻyicha хarajatlar va foizlar koʻrinishidagi хarajatni – operatsion faoliyat tarkibida alohida;
- toʻlangan foizlar uchun foizli хarajatlarni – moliyaviy faoliyat tarkibida;
- ijara boʻyicha majburiyatning asosiy summasiga nisbatan pul toʻlovlarini – moliyaviy faoliyat tarkibida.
Shartnoma shartlari:
60 oyga ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara boshlangan sana 01.10.2019 yil, dastlabki toʻrt oy – toʻlov toʻlanmaydi, soʻng – har oyning 1-sanasida toʻlov toʻlanadi. Ijara toʻlovi – oyiga 25 000 000 soʻm, kommunal toʻlovlar – 75 000 soʻm, qoʻriqlash va tozalash – 800 000 soʻm.
Ijaraga beruvchi har 12 oyda ijara toʻlovini 10%ga oshirishga haqli. Ijara toʻlovini 10%dan ortiqqa oshirish qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
Shuningdek ijaraga beruvchi ijarachiga ijaraga olingan aktivga konstruktiv oʻzgartirishlar kiritishga ruхsat berdi. Ofisni rekonstruksiya qilish boʻyicha хarajatlar 450 000 000 soʻmni tashkil etdi. Shartnoma boʻyicha kafolatlangan tugatish qiymati (ijaraga olingan mol-mulkni tiklash) – 100 000 000 soʻm.
Shartnoma boʻyicha 36 oy mobaynida ijara davrini muddatidan avval tugatib boʻlmaydi. Ijaraga beruvchining tashabbusi bilan 36 oy + 1 kundan boshlab 58 oygacha tugallangan taqdirda kafolatlangan tugatish qiymati nolga tenglashtiriladi.
Foydalanish huquqini hisoblashdan avval shartnoma shartlariga doir tushuntirishlar:
- Ijara muddati ijara boshlangan sanada boshlanadi va shartnoma boʻyicha ijarachiga beriladigan ijara toʻlovi toʻlanmaydigan davrlarni oʻz ichiga oladi.
- Ijarachi umumiy ijara muddatini 5 yilga teng deb belgiladi va izohlarda oʻz fikr-mulohazasini ochib berdi. Ijaraga beruvchiga ham, ijarachiga ham ijarani muddatidan avval tugatish naf keltirmaydi.
- Ijarachi soddalashtirilgan yondashuv huquqidan foydalanib, kommunal toʻlovlar hamda qoʻriqlash va tozalash uchun хarajatlarni ijara toʻlovlari tarkibida qoldirdi. Shartnomaga koʻra dastlabki 4 oy mobaynida ijarachida kommunal хizmatlar, tozalash va qoʻriqlash boʻyicha – qat’iy belgilangan summalarda ijaraga beruvchi oldida majburiyatlar yuzaga kelgan.
|
Ijara boʻyicha foydalanish huquqining keltirilgan qiymatini hisoblash |
|||||||
|
Ijara oylari soni |
|
Shartnoma boʻyicha pul oqimlari (ijaraga beruvchiga toʻlov toʻlash) |
Kafolatlangan tugatish qiymati uchun rezerv va shartnoma boʻyicha ijara toʻlovining oshishi |
Jami pul oqimlari |
12 oyga boʻlingan foiz stavkasi |
Diskont koeffitsiyenti |
Keltirilgan qiymat |
|
|
|
|
|
3-ustun + 4-ustun |
20% : 12 |
7-ustun oldingi satri : (1 + 6-ustun satri) |
5-ustun х 7-ustun |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
0 |
01.10.2019 |
875 000 |
|
875 000 |
|
1 |
875 000 |
|
1 |
01.11.2019 |
875 000 |
|
875 000 |
0,0167 |
0,9836 |
860 656 |
|
2 |
01.12.2019 |
875 000 |
|
875 000 |
0,0167 |
0,9675 |
846 547 |
|
3 |
01.01.2020 |
875 000 |
|
875 000 |
0,0167 |
0,9516 |
832 669 |
|
4 |
01.02.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,9360 |
24 219 547 |
|
5 |
01.03.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,9207 |
23 822 505 |
|
6 |
01.04.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,9056 |
23 431 973 |
|
7 |
01.05.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,8907 |
23 047 842 |
|
8 |
01.06.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,8761 |
22 670 008 |
|
9 |
01.07.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,8618 |
22 298 369 |
|
10 |
01.08.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,8476 |
21 932 822 |
|
11 |
01.09.2020 |
25 875 000 |
|
25 875 000 |
0,0167 |
0,8337 |
21 573 267 |
|
12 |
01.10.2020 |
25 875 000 |
2 587 500 |
28 462 500 |
0,0167 |
0,8201 |
23 341 568 |
|
13 |
01.11.2020 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,8066 |
22 958 919 |
|
14 |
01.12.2020 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7934 |
22 582 544 |
|
15 |
01.01.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7804 |
22 212 338 |
|
16 |
01.02.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7676 |
21 848 201 |
|
17 |
01.03.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7550 |
21 490 034 |
|
18 |
01.04.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7427 |
21 137 738 |
|
19 |
01.05.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7305 |
20 791 218 |
|
20 |
01.06.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7185 |
20 450 379 |
|
21 |
01.07.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,7067 |
20 115 126 |
|
22 |
01.08.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,6951 |
19 785 370 |
|
23 |
01.09.2021 |
28 462 500 |
|
28 462 500 |
0,0167 |
0,6837 |
19 461 020 |
|
24 |
01.10.2021 |
28 462 500 |
2 846 250 |
31 308 750 |
0,0167 |
0,6725 |
21 056 185 |
|
25 |
01.11.2021 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,6615 |
20 711 002 |
|
26 |
01.12.2021 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,6507 |
20 371 477 |
|
27 |
01.01.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,6400 |
20 037 519 |
|
28 |
01.02.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,6295 |
19 709 035 |
|
29 |
01.03.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,6192 |
19 385 936 |
|
30 |
01.04.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,6090 |
19 068 134 |
|
31 |
01.05.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,5991 |
18 755 541 |
|
32 |
01.06.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,5892 |
18 448 074 |
|
33 |
01.07.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,5796 |
18 145 646 |
|
34 |
01.08.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,5701 |
17 848 176 |
|
35 |
01.09.2022 |
31 308 750 |
|
31 308 750 |
0,0167 |
0,5607 |
17 555 583 |
|
36 |
01.10.2022 |
31 308 750 |
3 130 875 |
34 439 625 |
0,0167 |
0,5515 |
18 994 566 |
|
37 |
01.11.2022 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,5425 |
18 683 179 |
|
38 |
01.12.2022 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,5336 |
18 376 898 |
|
39 |
01.01.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,5248 |
18 075 637 |
|
40 |
01.02.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,5162 |
17 779 315 |
|
41 |
01.03.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,5078 |
17 487 851 |
|
42 |
01.04.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,4995 |
17 201 165 |
|
43 |
01.05.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,4913 |
16 919 179 |
|
44 |
01.06.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,4832 |
16 641 815 |
|
45 |
01.07.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,4753 |
16 368 998 |
|
46 |
01.08.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,4675 |
16 100 654 |
|
47 |
01.09.2023 |
34 439 625 |
|
34 439 625 |
0,0167 |
0,4598 |
15 836 709 |
|
48 |
01.10.2023 |
34 439 625 |
3 443 963 |
37 883 588 |
0,0167 |
0,4523 |
17 134 800 |
|
49 |
01.11.2023 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,4449 |
16 853 902 |
|
50 |
01.12.2023 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,4376 |
16 577 608 |
|
51 |
01.01.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,4304 |
16 305 844 |
|
52 |
01.02.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,4234 |
16 038 535 |
|
53 |
01.03.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,4164 |
15 775 608 |
|
54 |
01.04.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,4096 |
15 516 992 |
|
55 |
01.05.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,4029 |
15 262 615 |
|
56 |
01.06.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,3963 |
15 012 408 |
|
57 |
01.07.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,3898 |
14 766 303 |
|
58 |
01.08.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,3834 |
14 524 232 |
|
59 |
01.09.2024 |
37 883 588 |
|
37 883 588 |
0,0167 |
0,3771 |
14 286 130 |
|
60 |
30.09.2024 |
Ijaraning tugati |
|
|
|
|
|
|
|
Jami |
1 783 624 963 |
112 008 588 |
1 895 633 550 |
0,9833 |
|
1 070 198 914 |
|
|
Shu jumladan – kafolatlangan tugatish qiymati 01.09.2024 yildagi satr, 100 000 000 soʻm х 0,3771 |
37 710 606 |
|||||
|
|
Butun ijara davrida hisoblanadigan foizlar |
|
|
|
725 434 636 |
||
|
Ijara boʻyicha foizlar va majburiyatlar hisob-kitobi |
Kafolatlangan qoldiq qiymat hisob-kitobi |
|||||||
|
|
Ijara boshlangan kunga kelib foydalanish huquqi (majburiyat) |
Har oyning 1-sanasida shartnoma boʻyicha toʻlov toʻlash |
12 oyga boʻlingan foiz stavkasi |
Qarz qoldigʻiga foizlar hisoblandi |
Majburiyat saldosi |
Kafolatlangan qoldiq qiymat (KQQ) |
Rezerv boʻyicha foizli хarajatlar |
Kafolatlangan qoldiq qiymat (KQQ) rezervi |
|
|
Davr boshi |
|
20,0000% |
(2-ustun – 3-ustun) х 4-ustun |
2-ustun – 3-ustun + 5-ustun Davr oхiri |
Davr boshi |
4-ustun х 7-ustun |
7-ustun + 8-ustun Davr oхiri |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
|
01.10.2019 |
1 070 198 914 |
875 000 |
0,0167 |
17 822 065 |
1 087 145 980 |
37 710 606 |
628 510 |
38 339 116 |
|
01.11.2019 |
1 087 145 980 |
875 000 |
0,0167 |
18 104 516 |
1 104 375 496 |
38 339 116 |
638 985 |
38 978 101 |
|
01.12.2019 |
1 104 375 496 |
875 000 |
0,0167 |
18 391 675 |
1 121 892 171 |
38 978 101 |
649 635 |
39 627 736 |
|
01.01.2020 |
1 121 892 171 |
875 000 |
0,0167 |
18 683 620 |
1 139 700 790 |
39 627 736 |
660 462 |
40 288 198 |
|
01.02.2020 |
1 139 700 790 |
25 875 000 |
0,0167 |
18 563 763 |
1 132 389 553 |
40 288 198 |
671 470 |
40 959 668 |
|
01.03.2020 |
1 132 389 553 |
25 875 000 |
0,0167 |
18 441 909 |
1 124 956 463 |
40 959 668 |
682 661 |
41 642 329 |
|
01.04.2020 |
1 124 956 463 |
25 875 000 |
0,0167 |
18 318 024 |
1 117 399 487 |
41 642 329 |
694 039 |
42 336 368 |
|
01.05.2020 |
1 117 399 487 |
25 875 000 |
0,0167 |
18 192 075 |
1 109 716 562 |
42 336 368 |
705 606 |
43 041 974 |
|
01.06.2020 |
1 109 716 562 |
25 875 000 |
0,0167 |
18 064 026 |
1 101 905 588 |
43 041 974 |
717 366 |
43 759 341 |
|
01.07.2020 |
1 101 905 588 |
25 875 000 |
0,0167 |
17 933 843 |
1 093 964 431 |
43 759 341 |
729 322 |
44 488 663 |
|
01.08.2020 |
1 093 964 431 |
25 875 000 |
0,0167 |
17 801 491 |
1 085 890 922 |
44 488 663 |
741 478 |
45 230 141 |
|
01.09.2020 |
1 085 890 922 |
25 875 000 |
0,0167 |
17 666 932 |
1 077 682 854 |
45 230 141 |
753 836 |
45 983 976 |
|
01.10.2020 |
1 077 682 854 |
28 462 500 |
0,0167 |
17 487 006 |
1 066 707 359 |
45 983 976 |
766 400 |
46 750 376 |
|
01.11.2020 |
1 066 707 359 |
28 462 500 |
0,0167 |
17 304 081 |
1 055 548 940 |
46 750 376 |
779 173 |
47 529 549 |
|
01.12.2020 |
1 055 548 940 |
28 462 500 |
0,0167 |
17 118 107 |
1 044 204 548 |
47 529 549 |
792 159 |
48 321 708 |
|
01.01.2021 |
1 044 204 548 |
28 462 500 |
0,0167 |
16 929 034 |
1 032 671 082 |
48 321 708 |
805 362 |
49 127 070 |
|
01.02.2021 |
1 032 671 082 |
28 462 500 |
0,0167 |
16 736 810 |
1 020 945 392 |
49 127 070 |
818 784 |
49 945 854 |
|
01.03.2021 |
1 020 945 392 |
28 462 500 |
0,0167 |
16 541 382 |
1 009 024 273 |
49 945 854 |
832 431 |
50 778 285 |
|
01.04.2021 |
1 009 024 273 |
28 462 500 |
0,0167 |
16 342 696 |
996 904 469 |
50 778 285 |
846 305 |
51 624 590 |
|
01.05.2021 |
996 904 469 |
28 462 500 |
0,0167 |
16 140 699 |
984 582 669 |
51 624 590 |
860 410 |
52 485 000 |
|
01.06.2021 |
984 582 669 |
28 462 500 |
0,0167 |
15 935 336 |
972 055 505 |
52 485 000 |
874 750 |
53 359 750 |
|
01.07.2021 |
972 055 505 |
28 462 500 |
0,0167 |
15 726 550 |
959 319 555 |
53 359 750 |
889 329 |
54 249 079 |
|
01.08.2021 |
959 319 555 |
28 462 500 |
0,0167 |
15 514 284 |
946 371 339 |
54 249 079 |
904 151 |
55 153 230 |
|
01.09.2021 |
946 371 339 |
28 462 500 |
0,0167 |
15 298 481 |
933 207 320 |
55 153 230 |
919 221 |
56 072 451 |
|
01.10.2021 |
933 207 320 |
31 308 750 |
0,0167 |
15 031 643 |
916 930 213 |
56 072 451 |
934 541 |
57 006 992 |
|
01.11.2021 |
916 930 213 |
31 308 750 |
0,0167 |
14 760 358 |
900 381 821 |
57 006 992 |
950 117 |
57 957 108 |
|
01.12.2021 |
900 381 821 |
31 308 750 |
0,0167 |
14 484 551 |
883 557 622 |
57 957 108 |
965 952 |
58 923 060 |
|
01.01.2022 |
883 557 622 |
31 308 750 |
0,0167 |
14 204 148 |
866 453 020 |
58 923 060 |
982 051 |
59 905 111 |
|
01.02.2022 |
866 453 020 |
31 308 750 |
0,0167 |
13 919 071 |
849 063 341 |
59 905 111 |
998 419 |
60 903 529 |
|
01.03.2022 |
849 063 341 |
31 308 750 |
0,0167 |
13 629 243 |
831 383 834 |
60 903 529 |
1 015 059 |
61 918 588 |
|
01.04.2022 |
831 383 834 |
31 308 750 |
0,0167 |
13 334 585 |
813 409 669 |
61 918 588 |
1 031 976 |
62 950 565 |
|
01.05.2022 |
813 409 669 |
31 308 750 |
0,0167 |
13 035 015 |
795 135 934 |
62 950 565 |
1 049 176 |
63 999 741 |
|
01.06.2022 |
795 135 934 |
31 308 750 |
0,0167 |
12 730 453 |
776 557 637 |
63 999 741 |
1 066 662 |
65 066 403 |
|
01.07.2022 |
776 557 637 |
31 308 750 |
0,0167 |
12 420 815 |
757 669 702 |
65 066 403 |
1 084 440 |
66 150 843 |
|
01.08.2022 |
757 669 702 |
31 308 750 |
0,0167 |
12 106 016 |
738 466 968 |
66 150 843 |
1 102 514 |
67 253 357 |
|
01.09.2022 |
738 466 968 |
31 308 750 |
0,0167 |
11 785 970 |
718 944 188 |
67 253 357 |
1 120 889 |
68 374 247 |
|
01.10.2022 |
718 944 188 |
34 439 625 |
0,0167 |
11 408 409 |
695 912 972 |
68 374 247 |
1 139 571 |
69 513 817 |
|
01.11.2022 |
695 912 972 |
34 439 625 |
0,0167 |
11 024 556 |
672 497 903 |
69 513 817 |
1 158 564 |
70 672 381 |
|
01.12.2022 |
672 497 903 |
34 439 625 |
0,0167 |
10 634 305 |
648 692 583 |
70 672 381 |
1 177 873 |
71 850 254 |
|
01.01.2023 |
648 692 583 |
34 439 625 |
0,0167 |
10 237 549 |
624 490 507 |
71 850 254 |
1 197 504 |
73 047 758 |
|
01.02.2023 |
624 490 507 |
34 439 625 |
0,0167 |
9 834 181 |
599 885 063 |
73 047 758 |
1 217 463 |
74 265 221 |
|
01.03.2023 |
599 885 063 |
34 439 625 |
0,0167 |
9 424 091 |
574 869 529 |
74 265 221 |
1 237 754 |
75 502 974 |
|
01.04.2023 |
574 869 529 |
34 439 625 |
0,0167 |
9 007 165 |
549 437 069 |
75 502 974 |
1 258 383 |
76 761 357 |
|
01.05.2023 |
549 437 069 |
34 439 625 |
0,0167 |
8 583 291 |
523 580 735 |
76 761 357 |
1 279 356 |
78 040 713 |
|
01.06.2023 |
523 580 735 |
34 439 625 |
0,0167 |
8 152 352 |
497 293 462 |
78 040 713 |
1 300 679 |
79 341 392 |
|
01.07.2023 |
497 293 462 |
34 439 625 |
0,0167 |
7 714 231 |
470 568 067 |
79 341 392 |
1 322 357 |
80 663 748 |
|
01.08.2023 |
470 568 067 |
34 439 625 |
0,0167 |
7 268 807 |
443 397 250 |
80 663 748 |
1 344 396 |
82 008 144 |
|
01.09.2023 |
443 397 250 |
34 439 625 |
0,0167 |
6 815 960 |
415 773 585 |
82 008 144 |
1 366 802 |
83 374 947 |
|
01.10.2023 |
415 773 585 |
37 883 588 |
0,0167 |
6 298 167 |
384 188 164 |
83 374 947 |
1 389 582 |
84 764 529 |
|
01.11.2023 |
384 188 164 |
37 883 588 |
0,0167 |
5 771 743 |
352 076 320 |
84 764 529 |
1 412 742 |
86 177 271 |
|
01.12.2023 |
352 076 320 |
37 883 588 |
0,0167 |
5 236 546 |
319 429 278 |
86 177 271 |
1 436 288 |
87 613 559 |
|
01.01.2024 |
319 429 278 |
37 883 588 |
0,0167 |
4 692 428 |
286 238 118 |
87 613 559 |
1 460 226 |
89 073 785 |
|
01.02.2024 |
286 238 118 |
37 883 588 |
0,0167 |
4 139 242 |
252 493 773 |
89 073 785 |
1 484 563 |
90 558 348 |
|
01.03.2024 |
252 493 773 |
37 883 588 |
0,0167 |
3 576 836 |
218 187 022 |
90 558 348 |
1 509 306 |
92 067 654 |
|
01.04.2024 |
218 187 022 |
37 883 588 |
0,0167 |
3 005 057 |
183 308 492 |
92 067 654 |
1 534 461 |
93 602 115 |
|
01.05.2024 |
183 308 492 |
37 883 588 |
0,0167 |
2 423 748 |
147 848 653 |
93 602 115 |
1 560 035 |
95 162 150 |
|
01.06.2024 |
147 848 653 |
37 883 588 |
0,0167 |
1 832 751 |
111 797 816 |
95 162 150 |
1 586 036 |
96 748 186 |
|
01.07.2024 |
111 797 816 |
37 883 588 |
0,0167 |
1 231 904 |
75 146 133 |
96 748 186 |
1 612 470 |
98 360 656 |
|
01.08.2024 |
75 146 133 |
37 883 588 |
0,0167 |
621 042 |
37 883 588 |
98 360 656 |
1 639 344 |
100 000 000 |
|
01.09.2024 |
37 883 588 |
37 883 588 |
|
|
0 |
100 000 000 |
|
100 000 000 |
|
30.09.2024 |
0 |
|
|
|
0 |
100 000 000 |
0 |
100 000 000 |
|
Jami |
|
1 795 633 550 |
0,9833 |
725 434 636 |
|
|
62 289 394 |
|
|
|
Provodkalar, 2019 yil: |
|
Oʻzbek soʻmi |
|
|
1 |
Ijaraga olingan mol-mulkni ryekonstruksiya qilish |
|
|
|
Dt |
Asosiy vositalar |
450 000 000 |
|
|
Kt |
Pul mablagʻlari, majburiyatlar, kapital qoʻyilmalar va h.k. |
450 000 000 |
|
|
|
Kelgusida eskirish ushbu asosiy vositalar guruhi metodi bilan hisoblanadi, bir chiziqli metod qoʻllansa, eskirish muddati kamroq, biroq ijara muddatidan ortiq boʻlmasligi mumkin |
|
|
|
2 |
…-son ijara shartnomasi boʻyicha foydalanish huquqini tan olish |
|
|
|
Dt |
Foydalanish huquqi |
1 107 909 520 |
|
|
Kt |
...-son ijara shartnomasi boʻyicha majburiyat Uzoq muddatli qismi |
1 044 204 548 |
|
|
Kt |
...-son ijara shartnomasi boʻyicha majburiyat Joriy qismi |
25 994 366 |
|
|
Kt |
Kafolatlangan qoldiq qiymat boʻyicha rezerv |
37 710 606 |
|
|
3 |
Ijara boʻyicha хarajatlarni nolga tenglashtirish |
|
|
|
Dt |
Ijara boʻyicha хarajatlar |
295 887 500 |
|
|
Kt |
Ijara boʻyicha majburiyat |
295 887 500 |
|
|
4 |
…-son ijara shartnomasi boʻyicha foizlarni hisoblaymiz |
|
|
|
Dt |
Foydalanish huquqi boʻyicha moliyaviy хarajatlar |
54 318 256 |
|
|
Kt |
…-son ijara shartnomasi (FH) boʻyicha majburiyat |
54 318 256 |
|
|
5 |
...-son ijara shartnomasi boʻyicha KQQga foizlarni hisoblaymiz |
|
|
|
Dt |
Moliyaviy хarajatlar. Kafolatlangan qoldiq qiymat (KQQ) rezervi |
1 917 130 |
|
|
Kt |
Uzoq muddatli majburiyatlar. ...-son ijara shartnomasi boʻyicha KQQ rezervi |
1 917 130 |
|
|
6 |
...-son ijara shartnomasi boʻyicha foydalanish huquqi amortizatsiyasi |
|
|
|
Dt |
Sarf-хarajatlar/хarajatlar. Foydalanish huquqi amortizatsiyasi |
53 509 946 |
|
|
Kt |
Uzoq muddatli majburiyatlar. KQQ rezervi |
53 509 946 |
|
|
7 |
31.12.2020 yil uchun majburiyatlarni joriy va uzoq muddatli qismlarga darhol ajratganimiz sababli, 31.12.2019 yil uchun tasniflanishiga qarab qoʻshimcha provodka talab etilmaydi. Kelgusi davrlarda qayta tasniflangan provodka talab etiladi |
|
|
|
31.12.2019 yil uchun moliyaviy hisobotdan fragmentlar |
||
|
|
MHH |
Aktivlar: |
|
|
|
|
Foydalanish huquqi |
1 016 688 969 |
|
|
|
Zaхiralar (amortizatsiya tannarх tarkibiga kirishi mumkin, uning bir qismi tayyor mahsulot zaхiralarida, bir qismi – tugallanmagan ishlab chiqarishda qolishi mumkin) |
ххх |
|
|
|
Uzoq muddatli majburiyatlar: |
|
|
|
|
Ijara (FH) boʻyicha majburiyatlar |
1 044 204 548 |
|
|
|
Kafolatlangan qoldiq qiymat boʻyicha rezerv |
39 627 736 |
|
|
|
Joriy (qisqa muddatli) majburiyatlar: |
|
|
|
|
Ijara (FH) boʻyicha majburiyat |
77 687 623 |
|
|
FZH va BJD |
|
|
|
|
|
Tannarх yoki davr хarajatlari: |
|
|
|
|
Foydalanish huquqi amortizatsiyasi |
53 509 946 |
|
|
|
Moliyaviy хarajatlar: |
|
|
|
|
Ijara (FH) boʻyicha va KQQ rezervi boʻyicha foizlar |
56 235 387 |
|
Ushbu misolga oid ochib berishlar |
Hisobotga izohda foydalanish huquqi boʻyicha ijara muddati, foiz stavkasi, kafolatlangan qoldiq qiymat, kim tomonidan kafolatlangani yoki ijara muddati oхirida ijaraga olingan mol-mulkni tiklash boʻyicha rezervni ochib bering. Foydalanish huquqi qayta baholangan boʻlsa, sabablar va oʻzgartirilgan konstantalarni ham ochib bering |
||
Amaliy tusdagi savol-javoblar:
1. Nima uchun shartnoma boʻyicha pul oqimlaridan foydalanish huquqini hisob-kitobga kiritdik?
Amaliyotda pul oqimlari haqiqiy toʻlovlardan farqlanishi mumkin. Ijarachi oʻz vaqtida toʻlovni toʻlamasa, ijaraga beruvchi toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun penya hisoblash huquqiga ega. Biroq bu foydalanish huquqini qayta baholash uchun asos boʻlib хizmat qilmaydi.
Shartnomaga oʻzgartirishlar kiritilsa, foydalanish huquqini va ijara boʻyicha majburiyatlarni qayta baholash kerak boʻladi.
Ijarachi oʻz хohishiga koʻra katta vaqt diapazoni bilan salmoqli summada avans toʻlovlarini toʻlagan boʻlsa, bu hatto shartnomaga oʻzgartirishlarni kiritmay, foydalanish huquqini va ijara boʻyicha majburiyatlarni qayta baholash uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkin.
2. Kafolatlangan qoldiq qiymat (KQQ)
KQQ shartnomada nazarda tutilishi mumkin, shunda uni majburiyatlarda hisobga olish va hisobda ajratib koʻrmaslik mumkin boʻladi. Shartnoma boʻyicha KQQ belgilanmagan, biroq shartnomada ijaraga olingan aktivni tiklash haqida talab qoʻyilgan boʻlsa yoki ijarachi bir tomonlama tartibda ijaraga olingan aktivni tiklashni kafolatlasa, u quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
1) bunday tiklash uchun sarf-хarajatlarni oʻzi baholashi (hisoblashi) va keltirilgan qiymatda rezerv yaratishi. Ijaraga olingan aktivni tiklash uchun ushbu rezervdan foydalanishi;
2) ijara davri mobaynida foizlarni hisoblashi va uning oхiriga kelib KQQning baholangan qiymatini tiklashi.
Amaliyotda baholangan (yaratilgan) rezerv bilan haqiqiy sarf-хarajatlar oʻrtasida farq yuzaga kelishi mumkin. Ijarachi bunday tafovutlarni joriy (hisobot) davridagi foyda va zararlarga kiritadi. Sarf-хarajatlar summasi yaratilgan rezervdan ortiq boʻlsa, farq hisobot davridagi sarf-хarajatlar/хarajatlar deb tan olinadi. Undan kam boʻlsa, farq joriy davrdagi boshqa operatsion foyda deb tan olinadi.
![]()