Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Notijorat tashkiloti (advokatlik firmasi) balansida yengil avtomobil bor. Rahbariyat uni xodimning yubileyiga atab sovgʻa qilishga qaror qildi. Advokatlik firmasi xodimga avtomobilni tekinga berish chogʻida qanday soliqlarni toʻlashi shart? Operatsiya buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?».
Ushbu savollarga «Norma» eksperti Rufina MIRShARIPOVA javob berdi:
– Advokatlik firmasi, notijorat tashkiloti sifatida, huquqiy yordam koʻrsatish chogʻida soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilinadi, bojxona toʻlovlari, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar bundan mustasno
.
Bunda advokatlik firmasining tijorat (tadbirkorlik) faoliyatiga aylanmadan olinadigan soliqni solib boʻlmaydi
.
Bu advokatlik firmasi quyidagilarni hisoblashini anglatadi:
1) jismoniy shaxslarning daromadlaridan JShDS va ijtimoiy soliq;
2) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar mavjud boʻlganda QQS;
3) tijorat faoliyati boʻyicha daromadlar mavjud boʻlganda foyda soligʻi.
QQS
Avtomobilni xarid qilish chogʻida QQS hisobga olingan boʻlsa, ushbu avtomobilni xodimga sovgʻa qilib berish realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb e’tirof etiladi
.
Oʻz faoliyati uchun avtomobilni xarid qilish chogʻida QQS hisobga olinmagan yoxud kiruvchi QQS boʻlmagan hollarda avtomobilni berish realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb e’tirof etilmaydi.
JShDS
Xodim uchun sovgʻa qilingan avtomobil – moddiy naf tarzidagi daromad
. Tashkilot, soliq agenti sifatida, soliqni hisoblab chiqarishi va byudjetga toʻlashi kerak
.
Soliq bazasi – QQS hisobga olingan avtomobilning balans qiymati
. Koʻrib chiqilayotgan holatda QQS yoʻq, shu sababli avtomobilning balans (qoldiq) qiymati soliq bazasi boʻladi.
Bunda bir vaqtning oʻzida ikkita shart bajarilsa, tashkilot JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllashi mumkin
:
1) xodimga avtomobil berilsa;
2) u Oʻzbekiston soliq rezidenti boʻlsa.
Avtomobil qiymatiga 2,11 MHEKMga ekvivalent summani chegirgan holda JShDS soling.
Daromadni tan olish sanasi xodimga avtomobilni berish sanasi hisoblanadi
.
Moddiy naf tarzidagi daromaddan ijtimoiy soliq toʻlanmaydi
.
Foyda soligʻi
Tashkilotning jismoniy shaxslarga sovgʻa uchun xarajatlari foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydi
.
Advokatlik firmasi tadbirkorlik faoliyatidan daromad olsa, u boʻyicha soliq bazasini aniqlash tartibi SK 318-moddasida koʻrsatilgan.
Xodimga asosiy vositani berish chogʻida provodkalar:
|
Xoʻjalik operatsiyasi |
Debet |
Kredit |
|
Boshlangʻich qiymat hisobdan chiqarilgan |
||
|
Amortizatsiya hisobdan chiqarilgan |
||
|
Jamgʻarilgan qayta baholash hisobdan chiqarilgan |
||
|
Soliq bazasiga kiritish uchun xodimga daromad hisoblangan |
||
|
Daromad ushlab qolingan, sababi asosiy vosita natura holida berilgan |
||
|
AVni tekinga berishdan zarar aks ettirilgan |
![]()