Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«QQS toʻlovchi korxona 2022 yil dekabr oyining boshida tekshiruvdan oldingi tahlil natijalariga koʻra 2021 yil aprel oyida onlayn-NKM orqali QQS summasisiz chek urilgani haqida xat oldi. Biz xatoni topdik, QQS summasi qoʻshimcha hisoblanishiga qoʻshilamiz. Biroq, QQS boʻyicha hisobotni qayta topshirish uchun chekka tuzatish kiritish va unda 2021 yil aprel oyi uchun QQSni koʻrsatish kerak, buning esa imkoni yoʻq. Bu holda nima qilish lozim?».
Ushbu savolga «Norma» eksperti Mirjalol MIRFAYoZOV javob berdi:
– Tekshiruvdan oldingi tahlil chogʻida soliq organi taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar borligini aniqlasa, soliq toʻlovchi shaxsiy kabinet orqali bu haqda xabarnoma oladi
. U xabarnoma olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi
.
NKM chekidagi xatoni tuzatish mumkin. Buning uchun my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdagi «Onlayn-NKM va virtual kassalar haqida axborot» interaktiv xizmati funksionali («Chekni tuzatish» ilovasi) yordamida tuzatuvchi kassa chekini shakllantiring
. Biroq, muammo shundaki, tafovutlar aniqlangan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay chekka tuzatish kiritish mumkin.
E’tibor bering: aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish – Soliq kodeksining talabi. Demak, bu holda soliq xizmatiga aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etishingiz yoki tafovutlarni asoslab berishingiz shart. Ayniqsa, xatoingizni tan olib, soliqning qoʻshimcha toʻlanishiga rozi boʻlsangiz va aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etishga tayyor boʻlsangiz.
Soliq hisobotiga oʻzgartirishlarni kiritish uchun 2021 yil aprel oyi uchun onlayn-NKM cheklariga tuzatish kiritish imkonini berishni soʻrab soliq xizmatiga murojaat qilishingiz kerak deb oʻylayman. Buni shaxsiy kabinet orqali «Murojaatlarni joʻnatish» xizmati yordamida amalga oshirish mumkin..
![]()