Yangi yil sovgʻalari: hisobga olish va soliq oqibatlari

preview

Koʻp tashkilotlar dekabr oyida oʻz xodimlariga sovgʻalar beradi. Bu direktor va bosh buxgalterning ortiqcha bosh ogʻrigʻiga aylanmasligi uchun buxgalter.uz yoʻriqnomasidan foydalaning:

 

Har kuni buxgalteriya hisobi, soliqlar va hisobot boʻyicha yangi materiallarni oʻqish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Hujjatlarni qanday rasmiylashtirish kerak

1. Sovgʻalar miqdori, qiymati va yetkazib beruvchilarini aniqlaganingizdan soʻng rahbar xarid qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi kerak. Unda tashkilot sovgʻalarga qancha summa ajratishini, ularni xarid qilish va tarqatish uchun kim mas’ul ekanini qayd etishi lozim.

2. Xodimlaringiz va ularning farzandlariga sovgʻa ulashsangiz, tarqatish qaydnomasini rasmiylashtiring. Unda sovgʻalar miqdori va qiymatini koʻrsating. Xodimlar ularni olganliklari haqida imzo qoʻyishlari kerak. 

3. Agar siz tashkilotda ishlamaydigan shaxslar: amaliy hamkorlar, muassis jismoniy shaxslar yoki pensiyaga chiqqan sobiq xodimlaringizni qutlayotgan boʻlsangiz – bunday oluvchilarning roʻyxatini tuzib, buyruqqa ilova qiling. JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni toʻldirish uchun sizga ularning JShShIR kerak boʻladi. 

4. Sovgʻalarni xarid qilish va tarqatish uchun mas’ul shaxs ularni tarqatgach, erkin shaklda tuzilgan hisobotni buxgalteriyaga taqdim etadi. Bizning namunadan foydalanishingiz mumkin. Sovgʻalarni xarid qilish va topshirish bilan bogʻliq barcha hujjatlarni unga ilova qiling.

 

Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Barcha sanab oʻtilgan hujjatlar asosida sovgʻalarni korxona balansidan hisobdan chiqaring, ularning qiymatini oluvchi jismoniy shaxslarning jami daromadiga kiriting, unga JShDS soling yoki imtiyozni qoʻllang. Ushbu harakatlarning barchasi oʻziga xos nozik jihatlarga ega boʻlishi mumkinligini inobatga oling.

 

Buxgalter.uz tavsiya qiladi!

Ekspertlar Buxgalter Pro uchun quyidagilar uchun korporativ sovgʻalarga qanday soliq solish yuzasidan tushuntirishlar tayyorlashgan:

 

Ilgari korxonada ishlagan xodimlar va pensionerlarga yiliga 2,11 MHEKMgacha boʻlgan qiymatdagi natura (pulsiz) shaklida berilgan sovgʻalarga soliq solinmaydi . 2023 yilda ushbu summa bir yilda quyidagi miqdorni tashkil etadi:

1 050 000 x 2,11 = 2 215 500 soʻm.

Bir yil davomida QQS hisobga olingan sovgʻalarning qiymati 2,11 MHEKM chegaraviy miqdordan oshgan boʻlsa, oshgan summaga JShDS soling.

Sovgʻalarning har qanday miqdordagi summasiga ijtimoiy soliq solinmaydi, sababi u mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad hisoblanmaydi .

 

Hisobotda qanday aks ettiriladi

Jismoniy shaxslarga sovgʻalarning qiymati JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettiriladi:

  • xodimning daromadi sifatida – Hisob-kitobning 012-satrida, Hisob-kitobga 5-ilovaning 5, 6 va 7-ustunlarida;
  • soliq solishdan ozod qilingan, 2,11 MHEKMgacha boʻlgan sovgʻa summasiga daromad sifatida – Hisob-kitobga 2-ilovaning 0301-satrida. Bu yerda imtiyozlar ma’lumotnomasidan shuni tanlash lozim: «102913 – (SK 378-m. 10-bandi 2-xatboshisi) ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha boʻlgan qiymatdagi xodimlar natura shaklida olgan sovgʻalar… ».
  • Hisob-kitobning 030-satrida imtiyoz summasi avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Korxonadan olingan sovgʻalar – xodim uchun moddiy naf tarzida olingan daromad hisoblanishi bois , foyda soligʻini toʻlovchilar uchun bu  chegirib tashlanmaydigan xarajat . Uni Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2-ilovaning 0119-satri 3 va 4-ustunlarida, shuningdek 2.1-ilovaning 0318-satrida aks ettiring.

 

QQS boʻyicha nimani hisobga olish muhim

Muallifning fikriga koʻra, amaliyotda ikkita vaziyat yuz berishi mumkin.

Vaziyat
QQS boʻyicha hisobga olish qoʻllandi va realizatsiya qilish boʻyicha aylanma aks ettirildi
Korxona xodimlar uchun sovgʻalarni QQS bilan xarid qildi. Bunda – QQS toʻlovchisi boʻlgan yetkazib beruvchi korxonaning EHF asosida QQS boʻyicha hisobga olishni qoʻlladi . Xodimlarga bunday sovgʻalarni berish paytida (sanasida) QQS solinadigan realizatsiya qilish boʻyicha aylanma yuzaga keladi .

Bunday vaziyatda QQS hisoblash uchun ikki tomonlama standart EHFni rasmiylashtirish lozim. 

Buxgalteriya oʻtkazmalari:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Yangi yil sovgʻalari uchun hisobraqamidan pul oʻtkazildi (100% oldindan toʻlov)

4310

5110

Yangi yil sovgʻalari kirim qilindi

1090

6010

 Xarid qilingan sovgʻalar boʻyicha QQS

4410

6010

Yetkazib beruvchilarga qarzni soʻndirish hisobiga boʻnak hisobga olindi

6010

4310

Sovgʻalarning qiymati hisobdan chiqarildi

9220

1090

QQS hisoblandi

9220

6410

QQS bilan xodimlarga sovgʻalarning berilishi aks ettirildi (buyruq va tarqatish qaydnomasiga asosan)

4290

9220

QQS hisobga olindi (QQS hisob-kitobiga muvofiq)

6410

4410

Moddiy naf tarzidagi daromadning hisoblanishi aks ettirildi (QQS hisobga olingan holda summa)

9430

6710

Hisoblangan QQS summasini hisobga olgan holda, 2,11 MHEKMdan oshgan summadan JShDS ushlab qolindi   

6710

6410

Natura (sovgʻa berish) tarzidagi toʻlovni hisoblash boʻyicha qarz hisobga olindi 

6710

4290

 

Vaziyat
QQS hisobga olinmadi, QQSni hisoblash kerakmi?
Korxona xodimlar uchun qat’iy belgilangan miqdorda yangi yil sovgʻalarini xarid qildi. Bunda – QQS boʻyicha hisobga olishni qoʻllamadi va soliqni sovgʻalar tannarxiga kiritdi.

Bunday vaziyatda savol tugʻiladi: SKning 239-moddasi normalariga asosan QQS boʻyicha realizatsiya qilish aylanmasi yuzaga keladimi?

Bunday vaziyatda SKning 239-moddasi 4-qismi 6-bandi qoʻllanadi, deb hisoblaymiz:

  • “Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida quyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir:

6-bandga koʻra soliq toʻlovchi tomonidan oʻziga tegishli mol-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol-mulk (xizmatlar) boʻyicha soliq summasi toʻliq yoki qisman hisobga oʻtkazilgan boʻlsa, boshqaruv organi a’zolariga, xodimlarga, ularning oila a’zolariga yoxud boshqa shaxslarga soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun berish (xizmatlar koʻrsatish)”.

Muhim soʻzlar: “agar bunday mol-mulk (xizmatlar) boʻyicha soliq summasi toʻliq yoki qisman hisobga oʻtkazilgan boʻlsa”.

Shu tariqa, korxona yangi yil sovgʻalarini xarid qilish chogʻida QQS boʻyicha hisobga olishni qoʻllamagan boʻlsa, ushbu sovgʻalar xodimlarga tarqatish qaydnomasi asosida ularni xarid qilish tannarxi boʻyicha berilgan taqdirda hisoblanadigan QQS yuzaga kelmaydi deb hisoblaymiz.

Bunday vaziyatda korxona bundan oʻzini ehtiyot qilib, Yangi yil sovgʻalarini xarid qilish uchun buyruqda darhol “SKning 239-moddasi 4-qismi 6-bandiga asosan QQS hisobga olinmaydi” deb koʻrsatgani ma’qul.

QQS boʻyicha soliq hisobotida ularning qiymatini 4-ilovada (QQS boʻyicha elektron hisobotning 1-jadvali 8 va 9-ustunlarida) aks ettiring.

 Buxgalteriya oʻtkazmalari:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Yangi yil sovgʻalari uchun hisobraqamidan pul oʻtkazildi (100% oldindan toʻlov)

4310

5110

Yangi yil sovgʻalari kirim qilindi

1090

6010

Yetkazib beruvchilarga qarzni soʻndirish hisobiga boʻnak hisobga olindi

6010

4310

Sovgʻalarning qiymati hisobdan chiqarildi

9220

1090

QQS bilan xodimlarga sovgʻalarning berilishi aks ettirildi (buyruq va tarqatish qaydnomasiga asosan)

4290

9220

Moddiy naf tarzidagi daromadning hisoblanishi aks ettirildi

9430

6710

2,11 MHEKMdan oshgan summadan JShDS ushlab qolindi  

6710

6410

Natura (sovgʻa berish) tarzidagi toʻlovni hisoblash boʻyicha qarz hisobga olindi  

6710

4290

 

 

Tatyana LIMAREVA,

«Norma» eksperti

 



QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text186705_yangi_yil_sovgalari_hisobga_olish_va_soliq_oqibatlari