Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
25 yanvar
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan Moliya vazirligining Axborot xabariga muvofiq qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida xabarnoma taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. U soliq hisobiga qoʻyilgan joy boʻyicha DSQ tomonidan belgilangan shakl boʻyicha topshiriladi (SK 470-1-m. 1-q.).
Bunda soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashni rad etish va soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga navbatdagi soliq davri boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborgan holda SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha qayta aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli (SK 470-1-m. 6-q.).
• 2022 yil dekabr oyi uchun mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (Nizomning 17-b., AV roʻyxat raqami 2836, 3.11.2016 y.).
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi