A’zolik badallari uchun EHF rasmiylashtirish kerakmi

preview

“Paxta-toʻqimachilik klasteri 22.06.2020 yildagi 397-son VMQning 3-bandiga asosan Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasiga kiradi. U har bir gektar yer uchastkasi uchun har oyda teng ulushlarda har oyning birinchi dekadasidan kechiktirmay – BHMning 10%i miqdorida a’zolik badallarini toʻlaydi. Uyushma klasterga a’zolik  badallari uchun EHF taqdim etishi kerakmi? Bu qanday soliq oqibatlariga olib keladi?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV javob berdi:

 

EHF

– Paxta-toʻqimachilik klasteri uyushmasi sizga a’zolik badallari uchun hisobvaraq-fakturalar taqdim etishi kerak emas.

Hisobvaraq-fakturalarni yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda oʻz xaridorlariga taqdim etadilar . A’zolik badallari tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishga kirmaydi.

Bundan tashqari, a’zolik badallarini olish bir tomonlama EHF rasmiylashtiriladigan hollarga kirmaydi  .

 

Soliqlar

Uyushmalar nodavlat notijorat tashkilotlari jumlasiga kiradi .

Notijorat tashkilotlariga toʻlanadigan badallar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga olib boriladi. Lekin ushbu qoida bunday badallar (yigʻimlar va boshqa toʻlovlar)ni toʻlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va (yoki) tashkilot–toʻlovchi faoliyatining sharti yoxud badallarni oluvchi tomonidan toʻlovchi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xizmatlar koʻrsatilishi sharti hisoblanadigan hollarga tatbiq etilmaydi .

Paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasiga a’zolik badallarini toʻlash qonun hujjatlarida nazarda tutilganligi bois , bu – foyda soligʻi toʻlovchilar uchun chegirib tashlanadigan xarajatlar.

Korxonaning Uyushmaga a’zolik badallarini toʻlashi munosabati bilan boshqa soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

 

 

QARORI
Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text187167_azolik_badallari_uchun_ehf_rasmiylashtirish_kerakmi