Onlayn-kuzatuv bilan DTdan foydalanish huquqini sotib olgan boʻlsangiz...

preview

“QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona chet el kompaniyasi (Irlandiya rezidenti) bilan DTdan foydalanish huquqini sotib olishga doir litsenziya shartnomasini tuzdi. Shartnoma 12 oy davomida masofadan turib texnik kuzatuvni amalga oshirishni nazarda tutadi. Royalti tarzidagi daromadni va onlayn-kuzatuv xizmati uchun toʻlovni amalga oshirishda toʻlov manbai norezidentning foyda soligʻini ushlab qolishi (toʻlashi) shartmi?”. 

Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori  Radmila KARIMOVA va “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berishdi:

 

Norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq

– Soliq agentida norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq solinadigan daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • nomoddiy aktivdan foydalanish uchun royalti ;
  • texnik xususiyatga ega xizmatlar koʻrsatishdan (texnik kuzatuv) olingan daromadlar .

Bunda soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar daromad oluvchi norezident Oʻzbekistonning xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlsa, mustaqil ravishda qoʻllash huquqiga ega .

Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasida Ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va mol-mulk soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida konvensiya imzolangan. Unga asosan:

  • royaltilarga ular yuzaga keladigan ahdlashuvchi davlatda (Oʻzbekistonda) soliq solinishi mumkin.  Biroq, agar oluvchi ushbu royaltilarning amaldagi egasi boʻlsa (Irlandiya rezidenti), soliq 5%dan oshmasligi lozim (Konvensiya 12-m.). Qayd etamiz: soliq agenti norezidentdan royaltini olishga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasini soʻrab olishga haqli ;
  • Irlandiya rezidentining tadbirkorlik faoliyatidan (texnik kuzatuv) olgan daromadlariga Irlandiyada soliq solinadi (Konvensiya 7-m.). Ushbu normani qoʻllash uchun daromad oluvchi tomonidan soliq agentiga rezidentlik sertifikati daromadni toʻlash sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak .

 

QQS

DTdan foydalanish huquqi va texnik xizmatlarning xaridori – Oʻzbekiston korxonasi. QQS solish maqsadlarida Oʻzbekiston bu holda xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi .

Oʻzbekiston korxonasi, soliq agenti sifatida, QQSni hisoblab chiqarishi va chet el korxonasidan ushlab qolishi va uni byudjetga toʻlashi kerak. Agar shartnoma Oʻzbekiston byudjetiga toʻlanadigan QQSni hisobga olmagan holda tuzilgan boʻlsa, soliq agenti uni oʻz hisobidan toʻlaydi.

Soliqning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati SKning 37-bobiga muvofiq toʻlangan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi .

 

Siz quyidagi tavsiyalarda yanada koʻproq foydali yoʻl-yoʻriqlarni topasiz:

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text187353_onlayn-kuzatuv_bilan_dtdan_foydalanish_huquqini_sotib_olgan_bulsangiz