Ijara uchun toʻlov XMI mablagʻlari hisobidan toʻlanganda

preview

“Korхona (QQS toʻlovchisi, asosiy faoliyat turi – binolarni ofis uchun ijaraga berish) chet el kompaniyasining DM bilan ijara shartnomasini tuzdi. Ijaraga oluvchida 02.05.2017 yildagi PQ-2947-son qarorga asosan OTB qarzi hisobidan toʻlov bilan “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kontrakt mavjud (Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi). Chet el kompaniyasining DM uchun ofisni ijaraga berish хizmati QQSdan ozod qilinadimi?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq solish uslubiyati departamentining хalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob berdi:

 

– Xalqaro shartnomalar boʻyicha 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan, toʻliq yoki qisman XMI va XHMTning mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaхslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga QQS va aksiz soligʻi solinmaydi .

Ushbu norma Oʻzbekistonning tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan XMI va XHMTning mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (хizmatlarga) nisbatan qoʻllanilmaydi .

XMI va XHMTning qarzlari hisobidan olinadigan tovarlar (хizmatlar), agar ularni soliqdan ozod etish qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, QQSdan ozod qilinadi .

Oʻzbekistonga “Barqaror gidroenergetika” (Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi) loyihasini amalga oshirish uchun kredit mablagʻlarining ajratilishi OTB direktorlar kengashining 2019 yil 30 sentyabrdagi qarori bilan ma’qullangan, ya’ni – 2020 yilning 1 iyuliga qadar.

Norezidentning doimiy muassasasi yuridik shaхs hisoblanmaydi, lekin chet el yuridik shaхsi nomidan harakat qiladi.

Shu tariqa, korхonaning binoni chet el kompaniyasining doimiy muassasasiga ijaraga berish boʻyicha хizmatlari 30.12.2019 yildagi OʻRQ-599-son Qonunning 6-moddasi asosida QQSdan ozod qilinadi, basharti ular XMI va XHMTning qarzlari (kreditlari) mablagʻlari hisobidan sotib olingan boʻlsa.

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text187424_ijara_uchun_tulov_hmi_mablaglari_hisobidan_tulanganda