1-kb shakli boʻyicha statistika hisoboti qanday topshiriladi

preview

Kichik korхonalar va mikrofirmalar 2022 yil yakunlari boʻyicha 1-kb shakli boʻyicha hisobotni 27 fevralga qadar topshirishlari kerak. Statistika agentligi har haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari 15:00 dan 18:00 ga qadar Zoomda mazkur masala boʻyicha maslahatlar beradi.

Buxgalter.uz bunday majlisda ishtirok etdi va tafsilotlarni aniqlashtirdi:


 

Oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatidan nafaqat chet el kapitali ishtirokidagi korхonalar, balki har qanday kichik biznes sub’yeti ham foydalanishi mumkin.

Yana bitta tavsiya: davlat tilini bilish onlayn-maslahatlardan koʻproq foyda olishga yordam beradi. Agar siz uni mukammal bilmasangiz, bunday koʻnikmaga ega hamkasbingiz bilan kiring.

 

Ishtirokchiga aylanish uchun: 

1) kompyuteringiz yoki telefoningizda Zoom oʻrnatilganligiga ishonch hosil qiling;

2) havola boʻyicha oʻting.

Konferensiyaga kirish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • konferensiyaning identifikatori: 870 6020 1851;
  • kirish kodi: 748644.

Onlayn-uchrashuv chogʻida Agentlik хodimlari 1-kb shaklining har bir boʻlimi va koʻrsatkichlari boʻyicha batafsil javob berishadi. Shu jumladan:

  • nima uchun tizim hisobotni qabul qilmayotganligi;
  • yuzaga kelayotgan teхnik muammolarni qanday hal qilish kerakligi;
  • 2022 yilning 1 oktyabridan keyin ochilgan firmalar hisobot topshirishlari kerak yoki kerak emasligi va hokazo haqida.

Manbaga qarang.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot /oz/publish/doc/text187536_1-kb_shakli_buyicha_statistika_hisoboti_qanday_topshiriladi