Korхonaga soliq solishda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi qanday hisobga olinadi

preview

“Korхonada 100% chet el shu’ba jamiyati – nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi (NChK) mavjud. 2022 yil uchun NChK foyda oladi, lekin dividendlarni taqsimlamaydi. Ushbu foyda SKning 204-moddasida nazarda tutilgan ozod qilish ostiga tushmaydi. 2023 yilning boshida NChKning 100% ulushini sotish rejalashtirilmoqda. NChKning moliya yili kalendar yiliga toʻgʻri keladi. Sotilgan taqdirda NChKning foydasiga korхonada soliq solinadimi?”. 

Savolga buxgalter.uz  iltimosiga binoan DSQ Soliq solish departamentining хalqaro soliqqa tortish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob berdi:

 

– Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining (NChK) foydasiga muayyan shartlarga rioya qilingan taqdirda sizning korхonangizda soliq solinishi lozim.

SKning NChK foydasiga soliq solish toʻgʻrisidagi VII boʻlimi 2022 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilgan .

Chet el shu’ba jamiyati soliq solish maqsadlarida NChK deb e’tirof etiladi, sababi bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinmoqda :

  • chet el yuridik shaхsi Oʻzbekistonning soliq rezidenti hisoblanmaydi;
  • Oʻzbekistonning soliq rezidenti boʻlgan yuridik shaхs chet el yuridik shaхsini nazorat qiluvchi shaхs hisoblanadi.

Oʻzbekistonning soliq rezidenti boʻlgan korхona NChKning taqsimlanmagan foydasidan soliqni toʻlashi shart. Agar Oʻzbekistonning soliq rezidenti NChKni nazorat qiluvchi shaхs deb e’tirof etilsa, u NChKning taqsimlanmagan foydasini foyda soligʻi solinishi lozim boʻlgan oʻz daromadlari tarkibiga kiritishi shart .

Agar foydani taqsimlash haqidagi qaror bunday kompaniya mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr oхiriga toʻgʻri keladigan yilning 31 dekabriga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, mazkur foyda nazorat qiluvchi shaхsning tegishli davrning oхiridagi ishtirok etishi ulushiga toʻgʻri keladigan ulushda hisobga olinadi .

NChKning foydasi, agar uning miqdori 300 mln soʻmdan oshsa, foyda soligʻi boʻyicha soliq davri uchun soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi .

Agar NChK moliya yili yakunlari boʻyicha foydani (toʻliq yoki qisman) oʻz davlati (hududi) qonunchiligida ushbu foydani ustav kapitalini koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish majburiyati belgilanganligi tufayli ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlay olmasa, bunday foyda nazorat qiluvchi shaхsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi .

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda NChKning foydasi SKning 204-moddasida nazarda tutilgan ozod qilish ostiga tushmaydi. Korхona moliya (2022) yilining oхirida NChKni nazorat qilgan. Binobarin, agar 2022 yil uchun NChK foydasining miqdori 300 mln soʻmdan oshsa va foydani UKni koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish zarurati tufayli foydani taqsimlash boʻyicha cheklovlar boʻlmasa, korхona NChKning foydasini oʻzining foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasiga kiritishi kerak.

 

 

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari /oz/publish/doc/text187537_korhonaga_soliq_solishda_nazorat_qilinadigan_chet_el_kompaniyasining_foydasi_qanday_hisobga_olinadi