Mol-mulk soligʻi hisob-kitobida soliq bazasini toʻgʻri aks ettirish

preview

«Korхona 2022 yil uchun mol-mulk soligʻi ma’lumotnomasini mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat – 1 m. kv. uchun 2,5 mln soʻm boʻyicha topshirgan. 2022 yil uchun Mol-mulk soligʻi hisob-kitobida soliq solinadigan baza sifatida qaysi qiymat koʻrsatilishi kerak – oʻrtacha yillik qoldiq qiymatimi (0120-schyot saldosi ayiruv 0220-schyot saldosi)  yoki 1  kv.m. uchun 2,5 mln soʻmdan kelib chiqib hisoblangan va ma’lumotnomada koʻrsatilgan summami?

Savolga «Norma» eksperti Mirjalol MIRFAYoZOV javob berdi:

 

– Agar korхona mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari hisob-kitobi ma’lumotnomasida soliq solinadigan baza sifatida 1  kv.m. uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan kelib chiqib hisoblangan summani koʻrsatgan boʻlsa, demak sizdagi soliq solinadigan mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati eng kam qiymatdan kam yoki unga teng boʻladi.

Agar sizdagi soliq solinadigan mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati belgilangan eng kam qiymatdan oshmasa, u holda Mol-mulk soligʻi hisob-kitobida soliq bazasi sifatida shu eng kam qiymat aks ettiriladi .

Hisob-kitobga 3-ilovadagi tegishli katakchalarda soliq solish ob’yektining boshlangʻich (tiklanish) qiymatini hamda u boʻyicha jamgʻarilgan eskirish summasini aks ettiring. Shundan soʻng elektron hisobot tizimi oʻrtacha yillik qoldiq qiymatni avtomatik ravishda hisoblab chiqib, SK 412-moddasi 1-qismining 1-bandi talablaridan kelib chiqib soliq solinadigan bazani aniqlaydi.

Soliq solinadigan baza shuningdek Mol-mulk soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovada hamda Hisob-kitobning oʻzida ham avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Agar oʻrtacha yillik qoldiq qiymat belgilangan eng kam qiymatdan kam yoki unga teng boʻlsa, unda Hisob-kitobda soliq solinadigan baza sifatida mazkur eng kam qiymat aks ettiriladi. Agar oʻrtacha yillik qoldiq qiymati belgilangan eng kam qiymatdan koʻp boʻlsa, u holda soliq solinadigan baza boʻlib oʻrtacha yillik qoldiq qiymati hisoblanadi.

 

Mol-mulk soligʻini toʻgʻri hisoblab, hisobotni toʻldirishga sizga tavsiyalarimiz yordam beradi: 

 

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text187571_mol-mulk_soligi_hisob-kitobida_soliq_bazasini_tugri_aks_ettirish