Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Ishlamaydigan pensionerga – II guruh nogironiga yordam hisoblashda JShDS boʻyicha qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?.
Savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:
– Pensionerlarga quyidagi tarzda yordam koʻrsatilishi mumkin:
Ilgari korxonaning xodimlari boʻlgan, ishlamaydigan pensionerlar tomonidan olingan sovgʻalar va boshqa turdagi yordamga soliq davri – kalendar yil davomida MHEKMning 2,11 baravari doirasida JShDS solinmaydi
.
Agar sovgʻalar qiymati va (yoki) koʻrsatilgan yordam summasi birgalikda kalendar yil davomida MHEKMning 2,11 baravaridan oshgan boʻlsa, korxona soliq agenti sifatida oshish summasidan JShDS hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va uni byudjetga toʻlashi shart
.
Agar pensionerga moddiy naf tarzidagi yordam koʻrsatilgan boʻlsa, korxona uning yozma arizasi asosida JShDSni ushlab qolmaslik huquqiga ega. Bu holda jismoniy shaxs (pensioner) jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni mustaqil ravishda toʻlashi shart.
Jismoniy shaxs – II guruh nogironi uning daromadlarini MHEKMning 3 baravari miqdorida qisman JShDSdan ozod qilish huquqiga ega
. Nogiron imtiyozni qoʻllash va soliqni qayta hisob-kitob qilish uchun soliq organlariga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish huquqiga ega.
Jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari va boshqa daromadlariga
ijtimoiy soliq solinmaydi, sababi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar tarkibiga kiritilmaydi
.
![]()