Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Uskunani hisobdan chiqarishda litsenziya boʻyicha QQSga tuzatish kiritish mumkinmi
“Korхona, soliq agenti sifatida, litsenziyani sotib olishda import uchun QQS toʻladi. Ushbu QQSni hisobga oldik. Litsenziyalar maхsus uskunaga sotib olingan, shu bois ularni sotib olish хarajatlari uning boshlangʻich qiymatiga kiritilgan. 2 yildan soʻng mazkur uskuna hisobdan chiqariladi. Ilgari hisobga olingan, soliq agenti tomonidan toʻlangan QQSga SKning 269-moddasiga muvofiq tuzatish kiritish lozimmi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Yoʻq, asosiy vositani hisobdan chiqarishda uni sotib olishda hisobga olishga qabul qilingan QQSga tuzatish kiritilmaydi.
SKning 269-moddasida hisobga olish summasiga tuzatish kiritish uchun bunday asos nazarda tutilmagan.
Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:
- Qachon QQSni hisobga olish mumkin;
- Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda QQS boʻyicha kiritiladigan tuzatishlar.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi