2022 yil uchun moliyaviy hisobotni qachon topshirish kerak

preview

❖

Dolzarb materialga oʻting

Dolzarb materialga oʻting

 

Quyidagi korxonalar 2022 yil uchun moliyaviy hisobotni qachon topshirishlari kerak:

1) MHXSga oʻtgan; 

2) chet el investitsiyalari ishtirokidagi; 

3) nazorat qilinadigan bitimlarga ega; 

4) foyda soligʻi toʻlovchilari? 

Muddatlardagi nomuvofiqlik bilan bogʻliq vaziyatni “Norma” va buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

 

– MHXSga oʻtgan va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun muddatlar Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomda aniq yozilgan boʻlishi kerak. Uni nafaqat yangilash va toʻldirish, balki ularni Soliq kodeksining boshqa normalari bilan bogʻlagan holda, moliyaviy hisobotni topshirishning barcha muddatlarini umuman qayta koʻrib chiqish lozim.

 

MHXS

MHXSga oʻtgan korxonalar uchun muddatlardagi chalkashliklar butun oʻtgan yil davomida kuzatildi. Goh hisobot shakllari mavjud boʻlmadi, goh korxonalar hatto muddatlar bir necha marta koʻchirilganligini hisobga olgan holda ham ulgurishmadi. Moliya vazirligi u paytda axborot xabarlari bilan ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qildi. 2023 yilda vaziyat yaxshiroq emas va bunda  2022 yil uchun hisobot bilan qanday yoʻl tutish kerakligi haqida axborot xabarlarimavjud emas.

Hamkasbim Tatyana Nazarova Soliq qoʻmitasiga murojaat qildi va unga javob oldi: “Soliq qoʻmitasining 2020 yil 28 yanvardagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan yillik moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqarish uchun 2020-03-son qarorning 13-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan soliq hisoboti shakllari keyingi yilning 1 martiga qadar taqdim etiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qaroriga muvofiq MHXS boʻyicha hisobotlarni taqdim etish muddatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan uzaytirilishi yoki qayta koʻrib chiqilishi mumkin”.

Javob – toʻliq. Soliq idorasida ancha aniq javob berish uchun boshqa asoslar (normativ-huquqiy hujjatlar) mavjud emas.

Vaqt oʻtib borayotganligi bois, 2022 yil uchun hisobot bilan qanday yoʻl tutish kerakligini tushuntiruvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot xabarini kutamiz. Va bekor turmaymiz. Hozircha moʻljal – “1 martga qadar”.

 

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan muddatlarda hisobotni kimlar topshiradi

Yaqinda ustav fondida – 184 mln soʻm – chet el investorining hissasi boʻlgan soliq toʻlovchi maslahat yuzasidan murojaat qildi. Lekin unda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida moliyaviy hisobotni topshirish muddati – 15 fevralga qadar koʻrsatilgan, garchi 942-son Nizom boʻyicha – chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun soʻnggi muddat – 25 mart.

Hamma gap shundaki, hamma  chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham shunday tarzda e’tirof etilmaydi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar – bu unda bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita norma bajariladigan yuridik shaxs:

  • korxonada aksiyalarning (ulushlarning, paylarning) yoki UF (UK)ning kamida 15 foizini chet el investitsiyalari tashkil etadi ;
  • UF (UK)ning miqdori 400 mln soʻmdan oshadi * .

* UFning miqdori kamida 200 mln soʻm boʻlgan hamda UFdagi chet el investitsiyalari ulushi 15 foizni tashkil etuvchi korxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi .

Agar ushbu shartlarning hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, korxona chet el investitsiyalariga ega deb hisoblanmaydi.

Chalkashlik boʻlmasligi uchun, ushbu jihatni Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomda aniq yozish kerak.

 

Moliyaviy hisobot va transfert narx belgilash toʻgʻrisida xabarnoma topshirish muddatlaridagi nomuvofiqlik

SKning 182-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchilar soliq organlarini kalendar yilda oʻzlari tuzgan, SKning 180 va 181-moddalarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Buni nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshirish lozim.

Men nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumotni faqat moliyaviy hisobotni topshirgandan keyin taqdim etish mumkin, deb hisoblayotgan hamkasblarim va soliq toʻlovchilar bilan hamfikrman. Moliyaviy yakunlar chiqarilgandan soʻng, oʻtayotgan yilda amalga oshirilgan bitimlarning qaysilari nazorat qilinadigan bitimlar jumlasiga kirishini tahlil qilish va – ular toʻgʻrisida haqqoniy ma’lumot taqdim etish mumkin.

Shubhasiz, bu yerda SKda belgilangan muddatlarni qayta koʻrib chiqish lozim. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnomani moliyaviy hisobot topshirilgandan keyin taqdim etish kerak. Lekin hozircha Soliq kodeksining amaldagi normalarini buzmaslikka harakat qilamiz.

 

Foyda soligʻi

Shuningdek, e’tiboringizni quyidagilarga qaratishni xohlayman: biz ilgari gapirgan koʻp muammolar hozircha hal qilinmay qolgan. Masalan, foyda soligʻi boʻyicha hisobotni topshirish muddati 1 martga qadar, moliyaviy hisobotni topshirish muddati esa – 15 fevralga qadar etib belgilangan. Yirik korxonalarda bu juda katta muammolarni tugʻdiradi, sababi foyda soligʻi boʻyicha yakunlar chiqarilmagan, moliyaviy hisobotni tayyorlashning imkoni yoʻq.

Umuman, moliyaviy hisobotni topshirish muddatlari bilan bogʻliq normalar qismida qonun hujjatlarini takomillashtirish masalasini qoʻyish vaqti keldi. Yechimlarni kutib qolamiz.

 Oleg GAYeVOY tayyorladi


Moliyaviy hisobot — maslahatlar Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text187978_2022_yil_uchun_moliyaviy_hisobotni_qachon_topshirish_kerak