Norezident Oʻzbekistondan tashqarida xizmat koʻrsatgan boʻlsa, hisobot topshirishi kerakmi

preview

“MChJ norezidentdan texnik maslahat (namunalar tahlili) oldi. Shartnoma boʻyicha u oʻz mamlakati hududida xizmat koʻrsatdi. SKning 351-moddasida Oʻzbekiston hududidan tashqarida koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar norezidentlarning Oʻzbekistondagi manbalaridan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi, deyilgan. Shu bois, norezidentga daromad toʻlash chogʻida MChJ undan soliqni ushlab qolmaydi. 

SKning 241-moddasiga asosan Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi hisoblanadi, sababi ularning xaridori – MChJ – Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatadi. Binobarin, MChJ xizmatlar importi uchun QQS boʻyicha soliq agenti hisoblanadi. 

Mazkur vaziyatda MChJ norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq boʻyicha hisobot topshirishi kerakmi? DSI xodimlari norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozni koʻrsatgan holda Hisob-kitobni topshirishni soʻrashmoqda. Lekin bu – imtiyoz emas”.

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA va “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berishdi:

 

– Eng avvalo, quyidagi tushunchalarni chalkashtirmaslikni tavsiya qilamiz:

  • QQSni hisob-kitob qilish maqsadida “xizmatlarni realizatsiya qilish joyi” ;
  • norezidentning daromadlaridan olinadigan soliqni hisob-kitob qilish maqsadida “xizmatlar koʻrsatish joyi” .

Siz haqsiz – SKning 351-moddasida norezidentlarning qanday daromadlariga norezidentning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan va DM bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan olinadigan soliq solinishi belgilangan. Norezidentning boshqa davlat hududida namunalarni tahlil qilish xizmatini koʻrsatishdan olingan daromadi haqiqatan Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi, sababi xizmatlar uning hududidan tashqarida koʻrsatilgan. Daromadning bunday turi SKning 351-moddasi ikkinchi qismining bandlarida koʻrsatilmagan .

Sizning norezidentga amalga oshirgan toʻlovlaringiz imtiyozli hisoblanmaydi, ular umuman Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi. Tegishincha, Norezidentlarning daromadidan toʻlov manbaidan ushlab qolingan yuridik shaxslarning foyda soligʻi toʻgʻrisida hisob-kitobni ham taqdim etish kerak emas. Bu haqda soliq organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xat bilan shartnoma nusxasini ilova qilgan holda xabar berishni tavsiya qilamiz.

 

Tavsiya qilamiz:

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text188270_norezident_uzbekistondan_tashqarida_hizmat_kursatgan_bulsa_hisobot_topshirishi_kerakmi