Yangilangan shakl boʻyicha (10006_37-kodli) QQS hisob-kitobi qanday topshiriladi

preview

My.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetda odatdagi 10006_36-kodli QQS hisob-kitobi 10006_37-sonli paketga almashtirildi. Yangi shakl oldingisidan nima bilan farq qilishi va uni qanday toʻldirishni, shuningdek soliq hisobotini eski shakl boʻyicha topshirganlar nima qilishlari kerakligini Soliq qoʻmitasida tushuntirishdi:

 

– Barcha yangiliklar Hisob-kitobga 5-ilova “QQS summasiga kiritiladigan tuzatish”ga taalluqli. Endi u – soliq toʻlovchi ilgari my3.soliq.uzda shaxsiy kabinetdagi “QQS summasiga tuzatish kiritish” interaktiv xizmati yordamida tizimga kiritgan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda toʻldiriladi.

Shaxs soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda (soliq toʻlashdan ozod etish bekor qilinganda) hamda oʻtgan kalendar yilda tovarlarni olib kirish chogʻida toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganligi (kechiktirilganligi) sababli toʻlanmagan summaning hisobot davrida bojxona organiga toʻlangan qismini hisobga olinadigan QQS summasiga kiritiladigan tuzatishda (SKning 269-270-moddalarida nazarda tutilgan) QQS summasiga kiritiladigan tuzatish Reyestrini (qoldiq tovar) toʻldirish uchun Hisob-kitobga 5-ilovada:

1) my3.soliq.uzda shaxsiy kabinetdagi “QQS summasiga tuzatish kiritish” xizmatini tanlang;

2) “QQS summasini xisobga olish”ga bosing;

3) soʻralgan ma’lumotlarni EHF yoki BYuDdan olib oʻtib, tuzatish kiritish uchun asosni va shakl toʻldirilgan sanani koʻrsatgan holda, ochilgan shaklni toʻldiring;

4) “Saqlash”ga bosing.

 

SKning 266, 267, 269-271-moddalariga asosan ilgari hisobga olingan QQS summalariga kiritiladigan tuzatish Reyestrini toʻldirish uchun Hisob-kitobga 5-ilovada:

1) my3.soliq.uzda shaxsiy kabinetdagi “QQS summasiga tuzatish kiritish” xizmatini tanlang;

2) “QQS summasini hisobdan chiqarish”ga bosing;

3) soʻralgan ma’lumotlarni EHF yoki BYuDdan olib oʻtib, tuzatish kiritish uchun asosni va shakl toʻldirilgan sanani koʻrsatgan holda, ochilgan shaklni toʻldiring;

4) “Saqlash”ga bosing.

Fevral oyi uchun eski shakllar boʻyicha hisobotni topshirganlar uni qayta topshirishlari kerak emas. Lekin 2023 yilning yanvar-fevral oylari uchun hisobotni boshqa asoslarga binoan qayta topshirish talab qilingan taqdirda 10006_37-kodli yangi shakldan foydalaning.

Manbaga qarang.

 Oleg GAYeVOY tayyorladi


QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text188697_yangilangan_shakl_buyicha_10006_37-kodli_qqs_hisob-kitobi_qanday_topshiriladi