Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Korxona xayriya jamgʻarmasi orqali moddiy yordam koʻrsatishni rejalashtirmoqda. Toʻlov topshiriqnomasida aniq xayriya oluvchining nomi – bir yoshga toʻlgan bolaning onasi koʻrsatiladi. Korxonada xayriya oluvchi va jamgʻarma oʻrtasidagi shartnomaning nusxasi va jamgʻarmaning barcha rekvizitlari mavjud. Xayriya jamgʻarmasiga mablagʻlarni oʻtkazishda tomonlarda soliq majburiyatlari yuzaga keladimi?”.
Savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:

– Aftidan, masalada aytib oʻtilgan xayriya jamgʻarmasi – bu jamoat jamgʻarmasi, notijorat tashkiloti. Bunday tashkilotlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari SKning 318-moddasida belgilanadi.
SKning 48-moddasida koʻrsatilgan maqsadli pul mablagʻlari kelib tushganda SKning 58-moddasida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda, soliq solinmaydi
.
Foyda soligʻi toʻlovchilari uchun bu – ular xayriya yordamini pullar yoki tovarlar (xizmatlar) bilan koʻrsatganliklaridan qat’i nazar, chegirib tashlanmaydigan xarajat
. Bundan metsenatlik koʻmagini koʻrsatish, oʻquv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar, shuningdek Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablagʻlar mustasno.
Metsenatlik (metsenatlik faoliyati) - madaniyat va san’at, shuningdek ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyati.
Metsenatlik koʻmagi - metsenatlik faoliyati doirasida metsenatlar tomonidan begʻaraz yoki imtiyozli shartlar asosida metsenatlik koʻmagini oluvchilarga beriladigan mol-mulk, shuningdek ular uchun bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari
.
Jamgʻarma orqali yordam oladigan jismoniy shaxsda boshqa daromad
yuzaga keladi, biroq JShDS boʻyicha soliq majburiyatlari yuzaga kelmaydi, agar olingan summa soliq davri mobaynida 15 mln soʻmdan oshmasa
. Sababi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar va pul mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlariga koʻrsatilgan summa doirasida JShDS solinmaydi. Agarda jamgʻarma tomonidan jismoniy shaxsga berilgan summa 15 mln soʻmdan oshsa, farqdan JShDS ushlab qolinishi kerak.
Agar xayriya beruvchi korxona pul mablagʻlarini toʻgʻridan-toʻgʻri jismoniy shaxsga oʻtkazsa (masalan, uning plastik kartasiga), oluvchida toʻlov manbaida soliq solinadigan
boshqa daromad
yuzaga keladi.
Ekspertlarning tavsiyalarida siz yanada koʻproq foydali yoʻl-yoʻriqlarni topasiz:
![]()