Jismoniy shaxsdan transportni ijaraga olish xarajatlarini qanday asoslash mumkin

preview

“Korxona  ta’sischidan- jismoniy shaxsdan transport vositasini ijaraga olgan. 2022 yilning dekabr oyida 97 mln soʻmga xizmat koʻrsatildi. Foyda soligʻi hisob-kitobida 0112-“Operativ ijara boʻyicha xarajatlar” satrida biz ushbu xarajatlarni chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida koʻrsatganmiz. Lekin – biz “avtokameral” natijalari boʻyicha ularda dasturda EHF mavjud emasligi bois ijara boʻyicha xarajatlar summasi koʻrinmayotganligi va 2022 yil uchun foyda soligʻi boʻyicha hisobotni qayta topshirish kerakligi haqida xat oldik”. 

Bu vaziyatda korxona xarajatlarni qanday asoslashi kerakligini “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirdi:

 

– Tekshiruvdan oldingi tahlil (“avtokameral”) chogʻida dastur EHF, BYuD, invoyslar, TSOYaEAT, tahlika-tahlil, kadastr va E-ijara tizimlari ma’lumotlari, my.soliq.uz tizimidagi onlayn-NKT cheklaridagi ma’lumotlar va soliq organlari foydalanishi mumkin boʻlgan boshqa axborotni avtomatik tarzda tahlil qiladi. Ushbu ma’lumotlar korxonaning muayyan hisobot davrlari uchun soliq hisoboti koʻrsatkichlari bilan solishtiriladi.

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda soliq toʻlovchi quyidagilarni tekshirishi kerak:

1) jismoniy shaxsning daromadi JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilganligini; 

2) jismoniy shaxsning mulkiy daromadidan JShDS ushlab qolinganligi va toʻlanganligini. 

Agar sizning tomoningizdan huquqbuzarliklar boʻlmasa, “avtokameral”ning xatiga jismoniy shaxsning tovarlarini (xizmatlarini) realizatsiya qilishda, shu jumladan – mol-mulkini ijaraga berishda EHF taqdim etilmasligini koʻrsatgan holda , yozma javob berish lozim. Javobga ijara shartnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasining nusxasini (pdf formatida) ilova qiling.

 

Avtotransport ijarasi shartnomasini E-ijara tizimida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab fuqarolar va yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar oʻrtasida tuziladigan transport vositasi ijarasi shartnomalarini E-ijara tizimida roʻyxatdan oʻtkazish lozim .

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text189045_jismoniy_shahsdan_transportni_ijaraga_olish_harajatlarini_qanday_asoslash_mumkin