Kuryerlik xizmatlari uchun nol stavkali QQS qachon qoʻllaniladi

preview

“Kompaniya xalqaro pochta-kuryerlik xizmatlarini koʻrsatadi. Agar yukni tashish oʻz kuchi bilan emas, balki aviakompaniya orqali amalga oshirilsa, nol stavkali QQSni qoʻllash mumkinmi?”. 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

– Pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, ularga ishlov berish, ularni saqlash, tashish, yetkazib berish (topshirish) boʻyicha texnologik operatsiyalar majmuini oʻz ichiga oladi . Mazkur xizmatlar boʻyicha QQS toʻlash majburiyati yuzaga kelishi yoki kelmasligini tushunish uchun quyidagilarni aniqlash lozim:

1) xizmatlarni realizatsiya qilish joyini;

2) ular nol stavkali QQS solinadigan xalqaro tashish bilan bogʻliq xizmatlar jumlasiga kirishi yoki kirmasligini.

 

Realizatsiya qilish joyi

Umumiy qoidaga koʻra, agar bunday xizmatlarning xaridorlari Oʻzbekiston hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi . Mazkur umumiy qoida faqat vaziyat realizatsiya qilish joyini aniqlashning alohida hollariga tushmagan taqdirda qoʻllaniladi.

Koʻrib chiqilayotgan holda realizatsiya qilish joyini aniqlashning alohida hollariga murojaat qilish lozim. Chunonchi, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi, agar :

  • tashish va (yoki) transportda tashish boʻyicha xizmatlar yoxud bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bogʻliq xizmatlar Oʻzbekistonning yuridik shaxslari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan koʻrsatiladigan boʻlsa va joʻnatish punkti va (yoki) belgilangan punkt Oʻzbekistonda joylashgan boʻlsa.

Kompaniya Oʻzbekistondan yoki Oʻzbekistonga pochta-kuryerlik xizmatlarini koʻrsatishi bois, Oʻzbekiston bunday xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi.

 

Nol stavkali QQS

Yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni tashish boʻyicha xizmatlarga, basharti yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, tashishlar esa yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, nol stavkali QQS solinadi .

Koʻrib chiqilayotgan holda tashishni chet tashkilot (aviakompaniya) amalga oshiradi, binobarin, nol stavkali QQS qoʻllanilmaydi.

Buxgalter.uz tavsiya qiladi

“Norma” va Iqtisodiyot va moliya vazirligining tushuntirishlarida bu haqda qoʻshimcha oʻqing:

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text189160_kurerlik_hizmatlari_uchun_nol_stavkali_qqs_qachon_qullaniladi