9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Men, jismoniy shaxs sifatida, agentlik shartnomasi asosida chet el kompaniyasidan bir martalik yirik daromad olishim mumkinmi? Bunda menda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Jismoniy shaxs tegishli tarzda rasmiylashtirilgan shartnoma doirasida chet el kompaniyasidan daromadlar olishi mumkin. Bunda olinadigan daromad miqdori qonun hujjatlarida cheklanmaydi, Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar – Oʻzbekistonning rezidentlari Oʻzbekistondan tashqarida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirishlari shart
. Buni bunday daromadlar olingan yildan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay amalga oshirish lozim
.
Soliq oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay
12% stavka boʻyicha toʻlanadi:
- naqd shaklda har qanday bankning kassasida soliq organining tegishli hisobraqamiga
yoki
- Soliq mobil ilovasi, Click va Payme toʻlov tizimlari orqali.
Qayd etish lozimki, chet el kompaniyasining mamlakatida daromadni toʻlashda jismoniy shaxsdan olinadigan daromad soligʻi ham ushlab qolinishi mumkin.
Agar chet el kompaniyasining davlati bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida xalqaro shartnoma tuzilgan boʻlsa, ushlab qolingan soliq summasi deklaratsiyani topshirishda hisobga olinishi mumkin. Buning uchun soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish lozim
.
Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:
- Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish joyini qanday aniqlash kerak;
- Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash mumkin;
- Jismoniy shaxslar – norezidentlarga ikki tomonlama soliqqa solishning oldini olish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar qoidalarini qanday qoʻllash kerak;
- Alohida hollarda realizatsiya qilishdan koʻrilgan daromadni aniqlash.
![]()