Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasiga ijtimoiy soliq solinadimi

preview

“Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasiga ijtimoiy soliq solinadimi? Agar solinmasa, jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobida uni qanday aks ettirish kerak – 1-ilovadami yoki 5-ilovadami?”. 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

 

 Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalariga ijtimoiy soliq solinmaydi, sababi u mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi . Bu – jismoniy shaхslarning boshqa daromadlari .

Nafaqalar JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettiriladi:

1) 012-satrda;

2) 5-ilovada (shablon-fayl) – har bir jismoniy shaхs boʻyicha. “Daromad turi” ilovasining 7-ustunida 4 raqami “Boshqalar”ni koʻrsating.

Soliq hisobotida toʻgʻri aks ettirilgan taqdirda  nafaqa summasiga ijtimoiy soliq hisoblanmaydi.

 

Buxgalter.uz tavsiya qiladi

Bular, shu jumladan – vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi haqida bu yerda batafsil oʻqish mumkin:

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text189397_vaqtincha_mehnatga_laeqatsizlik_nafaqasiga_ijtimoiy_soliq_solinadimi