Yashash xarajatlarini invoys bilan tasdiqlash mumkinmi

preview

“Chet elga xizmat safariga yuborilgan xodim mehmonxona xarajatlari boʻyicha invoys va cheksiz kvitansiya taqdim etdi. Xarajatlarning asoslanganligini tasdiqlash uchun ushbu hujjatlar yetarlimi?”. 

Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:

 

– Chet elga xizmat safarlarida yashash xarajatlari me’yorlari 2730-son Nizomga 1-ilova bilan tasdiqlangan.

Yashash (turar joyni ijaraga olish) xarajatlarining yakuniy hisob-kitobi xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi. Ushbu xarajatlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak .

Nizomning normalaridan hujjatlar shunchaki mehmonxona xizmatlari qiymatini emas, balki haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlashi kerakligi kelib chiqadi. Invoys (hisobvaraq-faktura) xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlaydi, ular uchun amalga oshirilgan toʻlovni emas.

Xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilganligini quyidagilar bilan tasdiqlash mumkin:

  • toʻlov terminali yoki NKM cheklari;
  • toʻlov haqiqatda amalga oshirilganligi toʻgʻrisida axborot (shtamp, muhr va hokazo) mavjud boʻlgan kvitansiyalar va invoyslar .

Tegishincha, agar xodim tomonidan taqdim etilgan kvitansiyalarda yoki invoysda toʻlov haqida belgi boʻlsa, siz ularni tasdiqlovchi hujjatlar sifatida hisobga qabul qilishingiz mumkin.

 

Agar tasdiqlovchi hujjatlar – boʻlmasa:

1) xodimga chet elda mehmonxonada yashaganlik uchun xizmat safari xarajatlari rahbariyatning ixtiyoriga koʻra toʻlanadi;

2) soliq solish maqsadlarida turar joyni ijaraga olish boʻyicha toʻlovlar tasdiqlangan me’yorlar doirasida xodimning daromadi hisoblanmaydi va JShDS solinmaydi .

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text189714_yashash_harajatlarini_invoys_bilan_tasdiqlash_mumkinmi