Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Korxona – IT park rezidenti, foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi, dorixonalar va ularning mijozlariga ma’lumot xizmatlarini koʻrsatamiz. Aksiyani yoʻlga qoʻydik: agar mijoz dorixonaga bizning mobil ilovamiz orqali kelsa va mazkur dorixonada qilingan xarid uchun chekni roʻyxatdan oʻtkazsa unga qoʻshimcha ravishda kartasiga 1% miqdorida keshbek toʻlab beriladi. Maqsad – dorixonalarga biz ularning dorixonalariga koʻproq mijozlarni jalb qila olishimizni koʻrsatish va shu bilan oʻzimizning mijozlarga doir bazamizni kengaytirish hisoblanadi.
Keshbekni qanday aks ettirish lozim, chunki bu chegirma emas va bizning mijozlarimizga berilmaydi, balki mijozlarimizning xaridorlariga taqdim etiladi? Qandaydir qoʻshimcha soliq oqibatlari yuzaga keladimi?”.
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– Keshbek – bu alohida aksiya boʻlib, tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov xarajatlarining ayrim qismini qaytarish hisoblanadi. Xaridor uni savdo shoxobchasida oladi va keshbek xaridor tovar uchun toʻlaydigan tovar qiymatiga hech qanday tarzda ta’sir qilmaydi.
Koʻrib chiqilayotgan holda keshbek dorixonaning hamkori – keshbek tashkilotchisi tomonidan toʻlanadi.
Mijoz
Xaridor – jismoniy shaxs keshbek shartlarida sotuvchiga chakana narxni toʻlaydi. Bunda sotuvchi tomonidan e’lon qilingan har qanday chegirmalar va aksiyalar hisobga olinadi. Agar savdo shoxobchasida amal qilayotgan barcha chegirmalar va aksiyalarni hisobga olgan holda tovar, misol uchun, 15 ming soʻm tursa, xaridor shu summani toʻlaydi.
Jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlarida oʻtkazilgan bonuslar (pul, ballar, boshqalar) shaklidagi mablagʻlar (cashback) JShDS bazasi sifatida qaralmaydi
.
Savdo shoxobchasi
Koʻrib chiqilayotgan holda keshbek dorixonaning tushumi va soliq bazasiga ta’sir qilmaydi. Sotuvlarni NKM orqali oʻtkazishda keshbek boshqa amaldagi chegirmalar orasida hisobga olinmaydi. Bunda dorixona Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-NKM va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom talablariga amal qilishi lozim.
Keshbek tashkilotchisi
Keshbek tashkilotchisi – bu bonus dasturlari yordamida mijozlarning sodiqligini oshirish uchun marketing vositasi. U sotuvchilarga (ishlab chiqaruvchilarga) oʻz tovar va xizmatlarini targʻibot qilish, doimiy mijozlar bazasini kengaytirishga, xaridorlarga esa – qoʻshimcha naf olishga yordam beradi.
Keshbek uchun xarajatlar uning tashkilotchilari uchun iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan boʻlishi uchun ular korxonaning narx, hisob siyosatlari bilan muayyan davrga (masalan, hisobot yiliga) marketing va reklama uchun xarajatlarning belgilangan byudjeti (smetasi) tarzida reglamentlangan boʻlishi kerak. Ya’ni tashkilotchi SKning 305-moddasi normalariga rioya qilishi kerak. Aks holda bunday xarajatlar qoʻshimcha soliq oqibatlariga olib kelishi mumkin – chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga olib beriladi
.
Bunday xarajatlarni davr xarajatlari – realizatsiya qilish boʻyicha xarajatlar tarkibida aks ettirish lozim (21-son BHMSga asosan – 9410 “Sotish xarajatlari” buxgalteriya schyotida)
.
![]()