Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Lizing kompaniyasi – QQS toʻlovchisi Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 59-1-bandiga muvofiq lizing boʻyicha foizlarga bir tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Lizing oluvchilar ikki tomonlama EHF taqdim etilishini talab qilishmoqda. Bu vaziyatda kim haq hisoblanadi? Lizing kompaniyasi lizing boʻyicha foizlarga qanday hisobvaraq-fakturlarni taqdim etishi kerak?”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob berdi:
Albatta obuna boʻlish lozim.
– Nizomning 59-1-bandida ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadiga bir tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etilishi nazarda tutilmagan. Shu bois lizing kompaniyalari standart ikki tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etishlari kerak.
Ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadiga ikki tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etilishi ikki tomonlama EHF rasmiylashtirilmaydigan hollar roʻyхati koʻrsatilgan Nizomning 3-bandiga havola berilgan Nizomning 59-bandi normasiga muvofiq keladi. Ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadi ushbu roʻyхatga kiritilmagan.
Nizomning 59-1-bandi aylanmadan olinadigan soliq va aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotlari shakllarida avtomatik tarzda shakllantiriladigan ushbu soliqlar boʻyicha soliq solish ob’yektini aniqlash maqsadida joriy etilgan.
Yuqorida bayon etilganlarga asosan, ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadiga ikki tomonlama hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi kerak.
![]()