QQS toʻlovchisi guvohnomasi toʻxtatib turilgan boʻlsa, EHFni rad etish mumkinmi

preview

“Kompaniya – QQS toʻlovchisi V2V xizmatini koʻrsatdi. Hisobvaraq-faktura taqdim etish chogʻida xizmat oluvchisida QQS toʻlovchisi guvohnomasining holati faol emasligini koʻrdik. U guvohnoma toʻxtatib turilganini vaj qilib, EHFni rad etdi va guvohnoma qayta tiklanganidan keyin uni qaytadan taqdim etishni taklif qildi. Kontragentning harakatlari qonuniymi?”. 

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasida tushuntirib berishdi:

 

E’tibor bering
Bizning TG-kanalimizga obuna boʻling, bizda turli buxgalteriya masalalari boʻyicha bepul tushuntirishlar doimiy e’lon qilib boriladi! 

– Xizmat oluvchisining harakatlari noqonuniydir. Agar unda hisobvaraq-fakturada bayon qilingan holatlarning haqqoniyligi yuzasidan e’tirozlari boʻlmasa, u hujjatni tasdiqlashi kerak.

Hisobvaraq-faktura tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi, quyidagi hollar bundan mustasno :

1) tovarlar KPK orqali realizatsiya qilinganda hisobvaraq-faktura sotib oluvchining talabiga koʻra (agar onlayn-NKT cheki urilmagan boʻlsa) tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan kalendar oyning oxirgi sanasiga qadar yozib beriladi. Bunday EHF tovarlar (xizmatlar) amalda realizatsiya qilingan sana bilan rasmiylashtiriladi;

2) elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, temir yoʻlda tashish, transport-ekspeditorlik xizmati realizatsiya qilinganda, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda va tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa xollarda:

– EHF kalendar oyning soʻnggi kunida mazkur oy davomida jami yetkazib berilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar) hajmi boʻyicha bir marta taqdim etiladi;

– u tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan oyning oxirgi kunidagi sana bilan yozib beriladi va tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10 kuniga qadar taqdim etiladi;

3) ob’yektlar qurilishida, shu jumladan, ob’yektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek, uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha, agar shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, EHF har bir kalendar oyning oxirgi kuni taqdim etiladi.

E’tibor bering
Sotib oluvchi (xizmatlar oluvchisi) 10 kalendar kun, raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar uchun esa – 1 kalendar kun ichida ERIsi bilan imzolashi kerak. Yoki ushbu muddatda sababi koʻrsatilgan holda rad etishi kerak. Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi .

Ehtimol, koʻrib chiqilayotgan vaziyatda xizmatlar oluvchisining harakatlari guvohnoma toʻxtatib turilgan paytda u QQS summasini hisobga olishga qabul qilolmasligi bilan shartlangandir. Eslatib oʻtamiz, 2023 yilning yanvar oyidan Soliq kodeksi 266-1-modda bilan toʻldirildi. Unda QQS toʻlovchisi guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan summalar guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangandan keyin hisobga olinishi mumkin, deyilgan. Buning uchun kontragent guvohnoma qayta tiklanganidan keyin sizga tuzatilgan hisobvaraq-faktura taqdim etish iltimosi bilan murojaat qilishi kerak.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text190593_qqs_tulovchisi_guvohnomasi_tuhtatib_turilgan_bulsa_ehfni_rad_etish_mumkinmi