Telekommunikatsiyalar sohasida davlat bojlari qanday oʻzgardi

preview

Uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari хizmatlarini koʻrsatganlik uchun davlat boji BHMning 25 000 baravari miqdorida belgilandi. Bu 14.06.2023 yildagi OʻRQ-846-son Qonunda nazarda tutilgan.

Ushbu sohada litsenziyalar olish uchun ayrim boshqa bojlar 2 baravar kamaytirildi, bu haqda batafsil – buxgalter.uz sharhida:

E’tibor bering
Qonunchilik hujjatlaridagi muhim oʻzgartirishlar haqida tezkor tarzda bilish uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

Chunonchi, quyidagilar uchun litsenziya olishda toʻlanadigan davlat bojlari miqdori kamaytirildi:

  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning хizmatlarini koʻrsatish – BHMning 170 baravari (ilgari –BHMning 340 baravari);
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish – BHMning 10 baravari (BHMning 20 baravari oʻrniga);
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish – BHMning 10 baravari  (ilgari BHMning 20 baravari);
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish – BHMning 75 baravari (ilgari BHMning 150 baravari);
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari хizmatlarini koʻrsatish – BHMning 75 baravari (ilgari BHMning 150 baravari).

Qonun 2023 yil 15 iyundan kuchga kirdi.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text191226_telekommunikaciyalar_sohasida_davlat_bojlari_qanday_uzgardi