Jismoniy shaxsdan qarz olgan boʻlsangiz

preview

“Korxona Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsdan 6 oyga yillik 17% stavkada foizli qarz oldi. Foizli daromadni qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlash kerakmi? Foizlarga QQS solinadimi? Korxonaning foizlar toʻlash boʻyicha xarajati foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadigan xarajat hisoblanadimi? Korxona qanday hisobotlarni taqdim etishi kerak?”.

Savollarga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda foizli daromad shartnomada nazarda tutilgan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi, sababi u – Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan (14%) yuqori.

Korxona, soliq agenti sifatida, jismoniy shaxsning foizlaridan 5% stavka boʻyicha JShDSni ushlab qoladi .

Qarzlar boʻyicha foizlarga QQS solinmaydi .

Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni hisoblash va toʻlash boʻyicha xarajatlar foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadigan xarajatlar hisoblanadi .

Ammo quyidagilar boʻyicha foizlar chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga aylanishi mumkin:

  • muddati oʻtgan va kechiktirilgan qarzlar boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha foizlar ;
  • nazorat qilinadigan qarzlar boʻyicha xarajatlar deb e’tirof etiladigan summalardan ortiqcha hisoblangan foizlar .

Korxona-qarz oluvchi hisoblangan foizlarni Foyda soligʻi hisob-kitobida oʻsib boruvchi yakun bilan aks ettiradi (shakl kodi 10205_40):

– Hisob-kitobga 2-ilovaning 0113-satrida I–III choraklar uchun,

–  Hisob-kitobga 2.1-ilovaning 0312-satrida yil uchun.

Bundan tashqari, korxona har oyda soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadigan Dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim etadi (shakl kodi 10202_9). Unda – hisoblangan va toʻlangan foizlarni, shuningdek ushlab qolingan soliqni aks ettiradi.

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text191278_jismoniy_shahsdan_qarz_olgan_bulsangiz