Depozit boʻyicha foizlar summasiga EHF taqdim etish kerakmi

preview

“Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlgan kompaniya banklarda depozitlarni foizga joylashtiradi. Oy yakuni boʻyicha bank foizlar toʻlaydi va hisoblangan foizlar boʻyicha ma’lumotnoma taqdim etadi. Mazkur ma’lumotnoma asosida kompaniya hisobda olingan daromadni aks ettiradi. Bank tomonidan hisoblangan foizlarga bir tomonlama EHF taqdim etish kerakmi?”.

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTMning buхgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan  treneri Venera MALIKOVA javob berdi:

E’tibor bering
Soliq maslahatchilarining tushuntirishlarini tezkor tarzda olish uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Yoʻq, EHF taqdim etish kerak emas.

Hisobvaraq-faktura tovarlar haqiqatda joʻnatilganligini (хizmatlar koʻrsatilganligini) va ularning qiymatini tasdiqlaydi.  U Soliq kodeksiga muvofiq EHF taqdim etish majburiyatiga ega boʻlgan tovarlarni, хizmatlarni sotuvchi, yetkazib beruvchi  tomonidan rasmiylashtiriladi .

Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart .

Tovarlarga boʻlgan mulk huquqini haq olish asosida oʻtkazish yoki haq evaziga хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qoʻyilgan tovarlarni ayirboshlash va oʻtkazish realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi .

Bank tomonidan depozit boʻyicha hisoblangan foizlarni olish tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilish tushunchasi ostiga tushmaydi. Shu bois, foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korхona depozit boʻyicha olingan foizlar summasiga bir tomonlama EHF taqdim etishi kerak emas, balki ularni bankning ma’lumotnomasi asosida jami daromadga kiritishi kerak , deb hisoblayman. Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda foizlar tarzida olingan daromadga korхona faoliyat turiga bogʻliq holda qoʻllaydigan stavka boʻyicha soliq solinadi .

Olingan foizlar tarzidagi daromad summasini Foyda soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovaning 120-satrida qoʻlda aks ettiring.

E’tibor bering

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlgan korхona esa omonat boʻyicha oy davomida hisoblangan foizlarga, ushbu daromad avtomatik tarzda Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida aks ettirilishi uchun, albatta boshqa daromad uchun bir tomonlama EHF taqdim etishi kerak . Bunda “Boshqa daromadlar” hujjat turini va MXIK “11801001016000000 – Foizlar”ni tanlash lozim.

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text191375_depozit_buyicha_foizlar_summasiga_ehf_taqdim_etish_kerakmi