Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Tasnif.soliq.uzda onlayn-NKT uchun tovarlar roʻyxatini qanday shakllantirish kerak
Materialda:
– tasnif.soliq.uz saytida onlayn-NKT uchun Tovarlar nomenklaturasi qanday shakllantiriladi → → →
– Tovarlar nomenklaturasiga tovarlar, xizmatlar qanday qoʻshiladi → → →
– Tovarlar nomenklaturasida tovar toʻgʻrisidagi axborotga qanday oʻzgartirish kiritiladi → → →
– qanday qilib tasnif.soliq.uz saytida shakllantirilgan tovarlar roʻyxatini (Tovarlar nomenklaturasini) onlayn-NKTga yuklab olish mumkin → → →
Tasnif.soliq.uzning yangi “Onlayn-NKT uchun nomenklatura” funksionali onlayn-NKT va virtual kassalar uchun tovarlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, uni dolzarb holatda saqlashni jiddiy soddalashtiradi. Funksionalning afzalliklari va ular bilan ishlash xususiyatlarini koʻrib chiqamiz.
Tasnif.soliq.uzning yangi funksionali nimasi bilan foydali
Onlayn-NKM va virtual kassaning har bir modelida onlayn-NKT xotirasida saqlanadigan va tovarlarni hisobga olish va realizatsiya qilingan tovarlarni cheklarda aks ettirish uchun qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxatini shakllantirish uchun dasturiy ta’minot mavjud. Har bir model oʻz xususiyatiga va u bilan ishlashga qoʻyiladigan talablarga ega. Tasnif.soliq.uzdagi “Onlayn-NKT uchun nomenklatura” funksionali ishga tushirilishi bilan onlayn-NKM va virtual kassalarning barcha modellari uchun yagona universal dasturni shakllantirish boshlandi.
Hozircha funksional bilan faqat onlayn-NKMning toʻrtta modeli ishlashi mumkin – “Cashbox”, “Simurg 001”, “MYeRKURIY-185F-UZ”, “MERKURIY-115F UZ” va “Virtual kassa V 2.02” virtual kassaning bitta modeli.
Tasnif.soliq.uzdagi “Onlayn-NKT uchun nomenklatura” funksionali tovarlar roʻyxatini shakllantirishni koʻp karra osonlashtiradi va xatolar ehtimolini qisqartiradi. Unda tovarlar roʻyxati kiruvchi EHF ma’lumotlari asosida shakllantiriladi, tayyor roʻyxatdagi MXIKning dolzarbligi esa avtomatik tarzda qoʻllab-quvvatlanadi. MXIKga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda faqatgina onlayn-NKT xotirasiga kiritilgan roʻyxatni yangilash kerak.
Funksionalga onlayn-NKM va virtual kassalarning barcha modellari yoki hech boʻlmaganda aksariyati ulangandan keyin uning salohiyati toʻliq hajmda ochib beriladi.
Nima uchun barcha qolgan onlayn-NKM va virtual kassalar mazkur funksional bilan ishlashni boshlashlari muhim? Bu holda soliq toʻlovchi tovarlar ma’lumotlar bazasini bir joyda yuritishi va har qanday kassa bilan ishlashda undan foydalanishi mumkin. Bu juda qulay, sababi:
- onlayn-NKTning boshqa modeliga oʻtilgan taqdirda sizni yangi dastur bilan ishlashni oʻzlashtirishdan xalos etadi;
- agar sotuvchi turli modeldagi bir nechta onlayn-NKT bilan ishlasa, har bir onlayn-NKM uchun tovarlar nomenklaturasini shakllantirishga toʻgʻri kelmaydi;
- agar siz tasnif.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetda onlayn-NKT uchun Tovarlar nomenklaturasini shakllantirsangiz, sizda har doim onlayn-NKTga yuklash uchun tayyor roʻyxat mavjud boʻladi. Texnikadagi nosozlik tufayli yoki tasodifan oʻchirib yuborilganligi sababli roʻyxat qaytmaydigan boʻlib yoʻqotilgan bunday vaziyatlar endi boʻlmaydi.
Tasnif.soliq.uzda onlayn-NKT uchun Tovarlar nomenklaturasi qanday shakllantiriladi
1. Soliq toʻlovchining ERIsi yordamida tasnif.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetga kiring.
2. Vertikal menyuda “Onlayn-NKT uchun nomenklatura” ilovasini tanlang. Skrin
3. “Kiruvchi EHFdan MXIKni onlayn-NKT uchun nomenklaturaga qoʻshish” funksionali tugmasiga bosing. Sizning roʻyxatingizning katta qismi avtomatik tarzda shunday shakllantiriladi, axir assortimentdagi tovarlarning katta qismining kirimi hisobvaraq-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
4. Agar bazaga kiruvchi EHFda mavjud boʻlmagan tovarni, masalan, oʻzi ishlab chiqargan tovarni qoʻshish kerak boʻlsa, “Qoʻshish” tugmasiga bosing va sizning oldingizda ochilgan shaklni toʻldiring.
Shakllantirilgan roʻyxatni siz ekranda jadval shaklida koʻrasiz. Unda har bir tovar boʻyicha barcha axborot taqdim etilgan boʻlib, u onlayn-NKT xotirasiga yuboriladi. Skrin
Ma’lumotlar bazasini istalgan paytda oʻzgartirish va toʻldirish mumkin:
- assortiment kengaytirilganda yangi tovar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda EHF asosida oʻtadi yoki siz ularni qoʻlda qoʻshishingiz mumkin;
- agar yozuv kerakmas boʻlsa va siz tovar sotuvda boʻlmasligiga ishonchingiz komil boʻlsa – shu tovar nomi roʻparasidagi jadvalning oxirgi oʻng ustunida “quti”, ya’ni “oʻchirish” nishonchasiga bosing;
- agar tovar toʻgʻrisidagi yozuvga oʻzgartirish kiritish lozim boʻlsa – shu tovar nomi roʻparasidagi jadvalning oxirgi oʻng ustunida “qogʻoz varagʻi bilan qalam”, ya’ni “tahrirlash” nishonchasiga bosing. “Tovarni tahrirlash” shakli ochiladi, unga kerakli oʻzgartirishlarni kiriting.
“Tovarni qoʻshish” va “Tovarni tahrirlash” shakllari bilan qanday ishlash kerak
Tasnif.soliq.uzdagi Tovarlar nomenklaturasi (jadval) mazkur funksional bilan ishlaydigan onlayn-NKTning barcha modellari xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. Siz faqat oʻzingizga kerakli ustunlarni, masalan faqat NKM toʻgʻrisida nizomning 7-bandida belgilangan majburiy rekvizitlarni qoldirishingiz mumkin. Buning uchun jadval – chap tomondagi tovarlar roʻyxati ustida joylashgan “tishli gʻildirak” nishonchasiga bosing va oʻzingizga kerakli ustunlarni tanlang. Skrin
Rekvizitlar toʻgʻrsidagi batafsil axborotni siz “Siz soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzmasligingiz uchun onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday axborot boʻlishi kerak” tavsiyasida topishingiz mumkin.
Nomenklaturaga tovar toʻgʻrisidagi yozuvni qoʻlda qoʻshish uchun jadval – sizning tovarlar roʻyxatingiz ustida joylashgan “Qoʻshish” tugmasiga bosing. Shakl ochiladi. Skrin
U qanday toʻldirilishini koʻrib chiqamiz (toʻliq versiyada, siz oʻzingizga kerak boʻlmagan pozitsiyalarni oʻchiradigan paytga qadar):
- MXIK kodi – shaklning eng yuqorisida joylashgan qidirish satri yordamida kerakli MXIKni toping;
- Katalogga asosan tovar/xizmatning nomi – katalogdan MXIK boʻyicha tovar, xizmatning nomi avtomatik tarzda aks ettiriladi;
- Tovarning qisqacha nomi – “Katalogga asosan tovar/xizmatning nomi” satridagi xuddi shular avtomatik tarzda aks ettiriladi. Siz mazkur nomni bu qanday tovar yoki xizmatligini tushunadigan tarzda qisqartirishingiz kerak. Tovar (xizmat) nomining ushbu qisqacha yozuvi onlayn-NKT chekida aks ettiriladi;
- Shtrix-kod – agar MXIK shtrix-kod toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olsa, avtomatik tarzda toʻldiriladi. Agar sizning tovaringiz MXIK shtrix-kod toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olmasa, lekin tovarda bu mavjud boʻlsa, tovardan ma’lumotlarni qoʻlda olib oʻting;
- Oʻlchov birligi (qadoq) – chiqib keladigan tavsiyadan kerakli oʻlchov birligi yoki qadoqni tanlang;
- Narxi – mahsulot birligi uchun narxni QQS bilan koʻrsating;
- QQS stavkasi – chiqib keladigan tavsiyadan tanlang (“QQSsiz”, “12” yoki “0”);
- QQS summasi – “Narxi” va “QQS stavkasi” satrlarini toʻldirishda avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi;
- Chegirma – agar tovarga barcha uchun amal qiladigan chegirma oʻrgatilgan boʻlsa, koʻrsatasiz;
- Diskont va boshqa chegirmalar – agar tovarga faqat xaridor – diskont dasturi yoki aksiyasi ishtirokchisi oladigan chegirma tatbiq etilsa, koʻrsatasiz;
- Markirovkalash – tovarni raqamli markirovkalash toʻgʻrisidagi belgi MXIKni tanlashda avtomatik tarzda toʻldiriladi;
- Komitentning JShShIRi – mazkur tovarni vositachilik shartnomasi asosida realizatsiya qilingan taqdirda toʻldiriladi.
Mazkur satrga nimani yozish haqida batafsil “Komitentlar va komissionerlar onlayn-NKTni qanday qoʻllaydilar” tavsiyasida oʻqing;
- Kirim qilingan narx – kirim qilingan narxni koʻrsating;
- Tovarning ichki kodi – agar sizning savdo shoxobchangizda tovarlarni soddalashtirilgan tarzda identifikatsiyalash uchun ichki kodlar berilsa, ushbu kodni koʻrsating;
- Kassaning raqami – chiqib keladigan tavsiyadan kassani fiskal moduli va savdo shoxobchasi manzili boʻyicha tanlang;
- Boʻlinma – qulaylik uchun tovar realizatsiya qilinadigan boʻlimning raqami yoki nomi koʻrsatiladi;
- Maqomi – tovar toʻgʻrisidagi axborotni qayerda saqlashni koʻrsating: kasssada yoki qoralamada;
- Yaratilgan sana – tovar toʻgʻrisidagi axborot mazkur roʻyxatga kiritilganda avtomatik tarzda sana aks ettiriladi;
- Oʻzgartirilgan sana – onlayn-NKT uchun tovarlar nomenklaturasida mazkur tovar toʻgʻrisida yozuvga oʻzgartirish kiritilgan sana va vaqt avtomatik tarzda qoʻyiladi.
Toʻldirishni yakunlab, barchasini toʻgʻri kiritganligingizga ishonch hosil qilgach, “Qoʻshish”ga bosing.
Agar qandaydir sabablarga koʻra ishni toʻxtatishni xohlasangiz, “Yopish”ga bosing. Bunda kiritilgan axborot saqlanmaydi va hammasini boshidan boshlashga toʻgʻri keladi.
Tovar yoki xizmat toʻgʻrisidagi yozuvni oʻzgartirish uchun “Tovarni tahrirlash” tugmasiga bosing. Yangi yozuvni qoʻshishda boʻlganiga oʻxshash, biroq toʻldirilgan maydonlar bilan shakl ochiladi. Kerakli maydonlarga oʻzgartirishlar kiriting va “Qoʻshish”ga bosing.
Qanday qilib shakllantirilgan Tovarlar nomenklaturasini sizning onlayn-NKTga yuklab olish mumkin
Buning uchun sizga tasnif.soliq.uz saytida va sizning onlayn-NKTda bir nechta harakatlarni bajarish talab qilinadi.
Tasnif.soliq.uz saytida:
1. “Onlayn-NKT uchun nomenklatura” ilovasini oching;
2. “Kodni olish” tugmasiga bosing, shundan soʻng yana bitta tugma “Generatsiya qilish” paydo boʻladi;
3. “Generatsiya qilish”ga bosing, shundan keyin maydonda parol paydo boʻladi. Mazkur parolni eslab qoling, u ma’lumotlarni onlayn-NKTga yuklashda talab qilinadi.
Nomenklaturani tasnif.soliq.uz saytidan sizning onlayn-NKTga yuklash boʻyicha batafsil yoʻriqnomani TXKMda olasiz. Yuklash jarayonida sizga albatta tashkilotingizning STIRi va tasnif.soliq.uzda olingan yuqorida aytib oʻtilgan parol talab qilinadi.
Agar nimadir ishlamasa...
Funksional yangi va endigina ishga tushirilgan, shunday ekan texnik murakkabliklar boʻlishi mumkin.
Ularni hal qilish uchun oʻzingizning TXKMga murojaat qiling yoki “Yangi texnologiyalar” IAMga (998 71) 202-32-32 telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.
Oleg GAYeVOY tayyorladi