Tasnif.soliq.uz saytida toʻgʻri MXIKni qanday topish mumkin

preview

Tasnif.soliq.uz portali kerakli MXIKni besh xil usulda topish imkonini beradi. Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, «Yangi texnologiyalar» IAM FMO filiali direktori Sherzod TEShEBAEV qaysi holatlarda qaysi usullardan foydalanish yaxshiroq ekanligini tushuntirdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Tovarda qanday MXIK boʻlishi kerak – bazaviymi yoki identifikatsiyalovchimi?

– Barcha MXIKlarni ikkita katta guruhga boʻlish mumkin:

1) bazaviy MXIK majburiy raqamli markirovka qilinmaydigan tovarlar uchun qoʻllaniladi va "000.000" bilan tugaydi;

2) identifikatsiyalovchi MXIK majburiy raqamli markirovkalangan tovarlar uchun qoʻllaniladi, shuningdek tovarning markasi va xususiyatlari (rangi, shakli, oʻrovi va hokazo) toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi. Ular turli raqamlar kombinatsiyasi bilan tugaydi.

 

Tasnif.soliq.uz saytida MXIKni qanday qidirish mumkin

1. Qidiruv satri 

 

Qidiruv satri funksiyasi sizning tanlovingizga koʻra 9 ta xususiyat boʻyicha soʻrovni shakllantirish imkonini beradi. Shu bilan birga, izlashda hisobga olinishi kerak boʻlgan xususiyatlar mavjud. Ularni jadvalda koʻrib chiqamiz:

Soʻrov

Natija tavsifi

Kengaytirilgan matnli qidiruv

Qidiruv qatoriga kalit soʻzni kiritasiz va qidiruv tizimi sizga nomida shu soʻz boʻlgan barcha MXIKlarni beradi. Bular  bazaviy MXIK va identifikasiyaviy MXIK boʻladi. Oʻzingizga mos kodni tanlang.

Agar kalit soʻz kerakli natijalarni bermasa, boshqa kalit soʻzni tanlang yoki boshqa qidiruv usulidan foydalaning.

Matn boʻyicha qidirish

Siz qidiruv panelida kalit soʻzni belgilaysiz. Bu kengaytirilgan matn qidiruvida ishlatgan soʻzingiz boʻlishi mumkin. Biroq, bu holatda qidiruv va natijalar faqat bazaviy MXIKlarni koʻrsatadi.

MXIK boʻyicha qidiruv

Quyidagilar uchun qulay:

– sizda MXIK bor (17 ta raqam), lekin nomi yoʻq,

– 17 ta raqamni kiriting va MXIK nomini oling;

– sizda MXIKdagi 17 ta raqamning toʻliq kombinatsiyasi yoʻq, siz faqat fragmentni bilasiz. Oʻzingiz bilgan raqamlarni kiriting va qidiruv natijalaridan kerakli MXIKni tanlang

Shtrix-kod orqali qidirish

Qidiruv qatoriga tovar qadogʻidagi shtrix-kod ostidagi raqamlar kombinatsiyasini kiriting. Bu holatda qidiruv majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarga tegishli boʻladi.

Boshqa barcha hollarda bu usul ishlamaydi, chunki boshqa tovarlarga nisbatan bazaviy MXIK qoʻllanilishi kerak.

Agar shtrix-kod boʻyicha qidiruv natija bermasa, boshqa belgilar boʻyicha soʻrov tuzib koʻring

TIF TN kodi boʻyicha qidirish

Qidiruv tizimi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yoki import qilingan ushbu TIF TN kodli barcha tovarlarga MXIK beradi

Brend asosida qidirish

Qidiruvning muvaffaqiyati qidiruv qatoriga kiritilgan soʻrovda xatolar yoʻqligiga bogʻliq.

Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi raqami boʻyicha qidirish (dori vositalari uchun)

Qidiruv paneliga dori vositasi yoki tibbiy buyumning roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi raqamini kiriting va mahsulotning MXIKini oling.

Dorilarning xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha qidirish (dori vositalari uchun)-XPN

Bu – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan taklif etilgan dori vositasining ta’sir etuvchi moddasining barcha mamlakatlar uchun yagona, universal nomi boʻyicha izlash.

Misol: Ibuprofen butun dunyoda "Nurofen" yoki "Ibuklin" kabi dorilar tarkibiga kiruvchi ta’sir etuvchi moddani nomlash uchun ishlatiladigan XPNdir.

QMTMK kodlari boʻyicha qidirish

Bu - Oʻzbekiston mahsulotlari yagona milliy katalogida tovarlar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni ularning identifikatsiya kodlari boʻyicha qidirish

2. Elektron katalog

Katalogning barcha guruhlarini varaqlamaslik uchun qidiruv satridan foydalanish mumkin, ammo u sizga faqat mahsulot guruhining nomidan hech boʻlmaganda bitta soʻzni aniq bilgan taqdirdagina yordam beradi.

3. Excel formatidagi katalogda MXIKni qidirish

Excel formatidagi katalogni "Tasniflagich toifalari" boʻlimida – Elektron katalog ostida yuklab olish mumkin.

 

Keyin siz Exsel-faylda oʻrnatilgan qidiruv vositalari yordamida kerakli MXIKni qidirasiz.

4. MXIKni soʻrovnoma orqali izlash

Soʻrovnoma tasnif.soliq.uz saytida qidiruv qatori ostida oʻng tomonda mahkamlangan. Barcha savollarga ketma-ket javob bering, bu sizni kerakli MXIKga yoki – agar kerakli MXIK boʻlmasa, yangi MXIK uchun soʻrov yuborish funksiyasiga olib kelishi kerak.

5. TIF TN kodi boʻyicha qidirish

5. Mutaxassislar yordami

Agar MXIKni topishda muammolarga duch kelsangiz, mutaxassislardan yordam soʻrashni tavsiya etaman. Buning uchun «Yangi MXIK yaratish yoki oʻlchov birligini qoʻshish uchun ariza yuborish» xabarini bosish orqali soʻrovnomani toʻldiring. Toʻldiring va yuborish tugmasini bosing.

 

 

 

 

 

Tovar va xizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, xizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va xizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va xatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text191774_mhikga_boglangan_ulchov_birligini_qanday_uzgartirish_mumkin