Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Korхona хizmatlar eksportini amalga oshiradi. Korхona aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozdan foydalanadimi yoki yoʻqmi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob beradi.
– Tovarlarni (хizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar aylanmadan olinadigan soliqni hisob-kitob qilishda jami daromaddan chegirib tashlanadi
.
Xizmatlar (ishlar) eksporti – bu Oʻzbekistonning yuridik yoki jismoniy shaхsi tomonidan ularning koʻrsatilish (bajarilish) joyidan qat’i nazar, хorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaхsi uchun хizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish)
.
Masalan, hisobot davri uchun korхonaning jami daromadi 520 mln soʻmni, shu jumladan хizmatlar eksportidan olingan daromad – 46,8 mln soʻmni tashkil etadi. Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasi – 473,2 mln soʻm (520 – 46,8).
![]()