9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Chet el kompaniyasi (RF) yuridik xizmat koʻrsatish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatishga doir shartnoma tuzdi. Oʻzbekiston kompaniyasi xizmatlar oluvchisi hisoblanadi. Xizmatlar toʻliq masofadan turib koʻrsatiladi, xizmatlar koʻrsatish muddati – 2 yil.
Chet el kompaniyasida Oʻzbekistonda doimiy muassasasi (DM) yuzaga keladimi?”
Savolga Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamentining xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob beradi:

– Yoʻq, yuridik maslahat xizmatlarini masofadan turib koʻrsatishda, chet el kompaniyasining xodimlari Oʻzbekistonning hududida hozir boʻlmagan taqdirda doimiy muassasa yuzaga kelmaydi.
Bu holda norezidentning daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalaridan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi
.
Oʻzbekiston kompaniyasida norezidentning maslahat xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlaridan olinadigan soliqni ushlab qolish majburiyati mavjud emas, sababi ular Oʻzbekistondan tashqarida koʻrsatilgan va soliq rezidentligi sertifikatini taqdim etish zarurati yoʻq.
QQSni hisoblab chiqarish maqsadlarida Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi, sababi Oʻzbekiston kompaniyasi xaridor hisoblanadi
.
Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet el kompaniyasi tomonidan QQSni hisobga olmagan holda taqdim etilsa, ushbu xizmatlar boʻyicha soliq bazasi Oʻzbekiston kompaniyasi –soliq agenti tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. U tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va byudjetga oʻtkazishi shart
.
![]()