Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qozogʻistonda toʻlangan foyda soligʻi boʻyicha hisobga olishni amalga oshirish mumkinmi
“Toshkentdagi bosh ofis (MChJ) Qozogʻistonda filial ochmoqda. Faoliyat turi – ulgurji savdo. Qozogʻistonda foyda soligʻi 20% stavka boʻyicha, Oʻzbekistonda – 15% stavka boʻyicha undiriladi.
Biz Qozogʻistonda toʻlangan soliq summasining qandaydir qismini Oʻzbekistonda qaytarishimiz mumkinmi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Oʻzbekiston kompaniyasining Qozogʻistondagi filiali Qozogʻistonning qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Filialning huquqiy maqomi ham Qozogʻistonning qonun hujjatlariga asosan belgilanadi.
Agar QRning qonun hujjatlari boʻyicha sizning filialingiz Qozogʻistonning rezidenti deb e’tirof etilsa, soliqlar mazkur mamlakatda Qozogʻiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq toʻlanadi. Qozogʻistonda toʻlangan soliq summasi Oʻzbekistonda hisobga olinmaydi.
Sizning filialingiz norezidentning doimiy muassasasi sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Bu holda DM tomonidan Qozogʻistonda toʻlanadigan soliqlar respublikalar oʻrtasidagi
daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanishining oldini olish toʻgʻrisida Bitimning (Almati, 1996 yil 12 iyun, 1997 yil 21 apreldan kuchga kirgan) 23-moddasiga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Foyda soligʻi summasini faqat bir vaqtda quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda hisobga olish mumkin:
- Qozogʻistonda undan soliq toʻlangan yoki ushlab qolingan daromadga Oʻzbekistonda soliq solinadi;
- mamlakatlar oʻrtasida хalqaro shartnoma amal qiladi;
- siz Qozogʻistonda soliq toʻlanganligini (ushlab qolinganligini) tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz mumkin
.
Hisobga olinadigan summaning miqdori soliq toʻlovchi koʻrsatilgan daromad olinishi lozim boʻlgan (olingan) soliq davri uchun Oʻzbekistonda toʻlashi lozim boʻlgan foyda soligʻi summasidan oshib ketishi mumkin emas
. Ya’ni, agar Qozogʻistonda soliq 20% stavka boʻyicha toʻlangan boʻlsa, tashkilot Oʻzbekistonda 15% stavka boʻyicha toʻlashi mumkin boʻlgan foyda soligʻi summasidan oshmaydigan summani Oʻzbekistonda hisobga olishi mumkin.
![]()