Soliq hisobotida onlayn-NKM boʻyicha ma’lumotlar qanday yangilanadi

preview

Siz soliq hisobotida onlayn-NKM boʻyicha ma’lumotlar toʻliq hajmda aks ettirilmaganligini sezdingiz, ya’ni haqiqatda cheklar katta summaga urilgan. Ma’lumotlarga my3.soliq.uz sayti funksionali yordamida real vaqt rejimida tuzatish kiritish mumkin.

 

Soliq organlari yangiliklarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Soliq hisobotida barcha cheklar boʻyicha onlayn-NKM ma’lumotlari aks ettirilishi uchun:

1. My3.soliq.uzda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kiring;

2. “Yuridik shaxslarning onlayn-nazorat kassa texnikasiga doir axborot” interaktiv xizmatini tanlang;

3. Kursorni olib keling va “Tushumlar boʻyicha hisobot” havolasini tanlang – chiqib keladigan roʻyxat-tavsiyadan “Kundalik hisobot”ni tanlang;

4. “Hisobotni yangilash” tugmasiga bosing – shakl bilan oyna ochiladi;

5. Shaklni toʻldiring:

  • “fiskal modul raqami” ustunida chiqib keladigan tavsiyadan ma’lumotlari yangilanishi lozim boʻlgan fiskal modulni (onlayn-NKTni) tanlang;
  • tegishli ustunlarda ma’lumotlar qaysi davr uchun yangilanishi lozim boʻlsa, oʻsha yil va oyni koʻrsating;
  • “Hisobotni yangilash” tugmasiga bosing.

Hisobotdagi ma’lumotlar bir zumda yangilanishi kerak.

Agar ma’lumotlar oʻzgarmasa, tartib-taomilni bir necha daqiqadan soʻng takrorlang. Agar bu safar ham hisobotga tuzatish kiritilmasa, cheklaringizni tekshiring: hammasi urilganmi. Sizda qaytarish boʻlganligi, ular boʻyicha cheklar toʻgʻri rasmiylashtirilganligiga alohida e’tibor bering.

 Qanday qilib qaytarish cheklarini toʻgʻri rasmiylashtirish, ularni sotish cheklariga bogʻlash, chekdagi tovarning bir qismini qaytarishning xususiyatlari haqida quyidagi tavsiyada batafsil oʻqing:

 

Eslatib oʻtamiz, soliq hisobotidagi onlayn-NKM boʻyicha ma’lumotlarni my.soliq uz saytida ham yangilash mumkin.

 Buni my.soliq uz sayti orqali qanday amalga oshirish haqida quyidagi tavsiyada oʻqing:

 

Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Hisobot kuniga qadar barcha xatolarni bartaraf etishga ulgurish uchun – onlayn-NKM boʻyicha ma’lumotlarni muntazam ravishda, hech boʻlmaganda haftada bir marta tekshiring.

 

 

 

Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text192752_soliq_hisobotida_onlayn-nkm_buyicha_malumotlar_qanday_yangilanadi