9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korxona Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan oʻz direktori uchun turar joyni ijaraga olgan”.
Bunda soliq oqibatlari yuzaga kelishi yoki kelmasligini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Oleg SOY tushuntirdi:
– Yuridik shaxs tomonidan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlariga kiradi
. Ushbu daromadlarga sizning korxonangizda toʻlov manbai sifatida 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi
.
Yuridik shaxsning jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanmaydi
.
Bunday daromadlarga ijtimoiy soliq solinmaydi
.
![]()